21 dekabr kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurortining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Uz24 sayti xabar berdi.
Majmua hududida tyubing (puflanadigan chanada uchish), piyoda sayohatlar, qorda yurish uchun maxsus turlar, chana va kvadrosiklda uchishlarni o‘z ichiga olgan ko‘ngilochar zona va maxsus bolalar o‘yin maydonchasi uchun alohida hududlar ham tashkil etilgan.
Qishki dam olish zonasida turli murakkablikdagi 15 km uzunlikdagi tog‘-chang‘i yo‘llari qurildi. Ularning 4 tasi kurortning eng yuqori nuqtasidan boshlanadi va eng uzun trassa 3 550 metrni tashkil etadi. Sun’iy qor ishlab chiqarish tizimi esa chang‘i mavsumini noyabrdan aprel oyigacha uzaytirishga xizmat qiladi. Qishki sport o‘yinlari ishqibozlari, chang‘ichilar va snoubordchilar uchun har qanday darajadagi yo‘llar mavjud bo‘lib, ularning tog‘-chang‘i sporti bilan shug‘ullanishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, bu yerga tashrif buyuruvchilar bolalar uchun 24 ming kattalar uchun 65 ming so‘m to‘lab kanat yo‘lida uchishi hamda tog‘-chang‘ida uchish uchun tashrif buyurishi mumkin.
“Amirsoy”da oilaviy dam olish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Masalan, maskanda Shale deb nomlangan 40 ta Shale Deluxe hamda Shale Suit uylari barpo etilgan va 4 hamda 8 kishidan iborat bo‘lgan dam oluvchilarni sig‘dirish qobiliyatiga ega.
Ushbu Shale uylarda yashash narxi bir sutka uchun 4 dan 12 million so‘mni tashkil qiladi. Ushbu narxga nonushta kiritilgan, qo‘shimcha to‘lov amalga oshirilganda tushlik hamda kechki ovqat ham kiritilishi mumkin. Ma’lum bo‘lishicha, narxlar talab hamda mavsumga qarab o‘zgarib boradi. Mazkur dam olish maskanining "uy"larni 100 foiz to‘lov amalga oshirgan holda oldindan bron qilish imkoni mavjud.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ta’kidlaganidek, narxlar MDH davlatlari bilan solishtirganda juda raqobatyubardosh va arzon ekanligini hamda majmua egalari bilan ushbu maskanda imkoniyati cheklanganlarning dam olishlari uchun imkoniyatlar yaratilishini qayd etdi.
“Amirsoy” mehmonlariga yetib borishda qulaylik yaratish maqsadida kurortga elektro poyezd va mikroavtobus qatnovi yo‘lga qo‘ygan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi