Sirdaryodagi suv toshqini: 70 ming kishi evakuatsiya qilingan, 56 kishi jarohatlangan

1 daqiqa o'qish3.5K
Sirdaryodagi suv toshqini: 70 ming kishi evakuatsiya qilingan, 56 kishi jarohatlangan
Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori to‘g‘onidan suv chiqishi oqibatida kamida 56 kishi jarohatlangan, deya xabar bermoqdaFVV matbuot xizmati rahbari Murod Sodiqov.

FVV ma’lumotlariga ko‘ra, juma kuni soat 17:00 atroflarida gidroinshootdan suv chiqishi to‘xtagan. Ombordan oqib chiqqan suv Oqoltin tumanidagi Abay kanaliga yo‘naltirilgan va Jizzax viloyatidagi Arnasoy ko‘liga olib chiqilgan.

Hozirgi vaqtda to‘g‘on yorilgan joyda ta’mirlash ishlari davom etmoqda.

Vazirlikning ta’kidlashicha, favqulodda vaziyatning birinchi daqiqalaridayoq Sardoba suv ombori hududi atrofida istiqomat qiladigan 70 ming aholi xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilingan hamda Sirdaryo va Jizzax viloyatlari hududida tashkil etilgan maxsus muassasalarga joylashtirilgan.

Bundan tashqari, yana ming kishiga mo‘ljallangan qo‘shimcha joylar ham tayyorlanmoqda. Evakuatsiya qilingan fuqarolarni oziq-ovqat, dori-darmon va uxlash hamda dam olish joylari bilan ta’minlashmoqda.

«O‘z o‘rnida, hozirgi epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda barcha ishlar sanitariya-gigiyena normalariga asosan tashkil etilgan. Bir vaqtning o‘zida evakuatsiya qilinganlarning ro‘yxati tuzilmoqda. Hozirgi vaqtga qadar jarohatlanganlar haqida ma’lumotlar ham ma’lum bo‘ldi. 56 nafar fuqaro turli xil jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan. Umuman 17,3 ming kishi tibbiy ko‘rikdan o‘tgan», — deya ta’kidladi FVV matbuot xizmati rahbari Murod Sodiqov.

Oldinroq prezident matbuot xizmati xabar berganidek, Sardoba suv omborining to‘g‘oni 1 may kuni ertalabgi qattiq yomg‘ir va sham tufayli qisman qulab tushgan. Aholi yashash joylari, kommunikatsiya tarmoqlari va qishloq xo‘jaligi maydonlariga katta talofot yetgan. Turar-joylar va boshqa obyektlarni suv bosgan. Evakuatsiya qilingan aholi xavfsiz tumanlardagi maktablar, kollejlar va tibbiyot muassasalariga joylashtirilgan. Jabr ko‘rganlarning bir qismini boshqa mahallalar aholisi o‘z uyiga qabul qilishgan.

Voqea joyiga vertolyotda yetib borgan prezident Shavkat Mirziyoyev sharoit yaxshi bo‘lmaguncha birorta rahbar hech qayerga qimirlamasligini ta’kidladi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzurida kol-markaz faoliyat yuritmoqda. Qo‘ng‘iroqlar 1205 va 1250 qisqa raqamlarida qabul qilinadi.

Manba: Gazeta.uz
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?