Buxoroda noqonuniy tarzda ohaktosh qazigan fuqaro jarimaga tortildi

1 daqiqa o'qish2.4K
Buxoroda noqonuniy tarzda ohaktosh qazigan fuqaro jarimaga tortildi
Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida cho‘l hududidagi yerosti qazilma boyliklari zahirasidan noqonuniy tarzda ohaktosh qazigan fuqaro 2 million 223 ming so‘m jarimaga tortildi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari tomonidan hududdagi Jarqoq massivida maxsus reyd o‘tkazilgan.

Tadbirda xususiy ekskavatorida ohaktosh qazib olib, yuk avtomobiliga joylayotgan fuqaro B.Sh. voqea joyida qo‘lga tushgan. Surishtiruv jarayonida fuqaro xom ashyoni avval ham ko‘p miqdorda qazib olgani va mazkur ishdan daromad olishni ko‘zlagani ma’lum bo‘lgan.
Buxoroda noqonuniy tarzda ohaktosh qazigan fuqaro jarimaga tortildi
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 70-moddasi 1-qismi (Yerosti boyliklarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish talablarini buzish) bilan ayblangan B.Sh. 2 million 230 ming so‘m jarimaga tortilgan. Takroriy o‘g‘rilik sodir etsa, jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirilgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?