16:58 / 16.07.2020
3 995

O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimi o‘ldimi?

O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimi o‘ldimi?
O‘rtoq Shodmonov kasal odam qayerga murojjat qilsin?
Poliklinikadagilar issig‘i chiqqanga bormas ekan, tez yordam 8 soatlab kelmasa, SES test olmasa. Kasallar qayerga murojjat qilsin? Aniq, rejangiz bormi o‘zi?

Siz haliyam vazirmisiz? Fuqarolarni konstitutsionn huquqlarini poymol qilayotganingizni bilasizmi?
Vazirni gul ko‘tarishdan jiddiyroq ishlariyam borligidan xabaringiz bormi?

TVga chiqib hamma narsa yetarli, zahira ham qilib qo‘ydik degan ertakni ko‘p eshitdik. Bor bo‘lsa bor deng, yo‘q narsani bor deb bizni laqillatmang. Ko‘r emasmiz, ko‘rib turibmiz.

"Sog‘liqni saqlash vazirligi eng og‘ir holatgayam tayyor" degan edinglar. Ko‘rdik qanday "tayyor" ekaningizni. Eplamasangiz bo‘shatib qo‘ying, xalqni aldashni bas qilinglar!

Obidjon Latipov
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimi o‘ldimi?