2 540
Bugundan koronavirus yuqtirgan bemorlar test natijasisiz ham shifoxonalarga joylashtiriladi (video)
Bugundan boshlab klinikalarga bemorlarni qabul qilish test sinamalarisiz amalga oshiriladi. Ya’ni endi bemor o‘zi murojaat qilganda yoki «Tez yordam» xizmati orqali unga test tahlili natijasisiz yordam ko‘rsatiladi.
Bu haqda bugun, 18 iyul kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Feruza Hamroboyeva ma’lum qildi.
Feruza Hamroboyevaning ta’kidlashicha, bugun Respublika maxsus komissiyasining yig‘ilishi o‘tkazilgan. Mazkur yig‘ilishda Maxsus komissiya tomonidan koronavirusga topshirgan test tahlilining natijalari hali chiqmagan, biroq koronavirus alomatlari sezilayotgan fuqarolarni ham tibbiyot muassasalariga joylashtirish mumkinligi to‘g‘risida ko‘rsatma berilgan.
«Bugundan boshlab klinikalarga bemorlarni qabul qilish test sinamalarisiz amalga oshiriladi. Ya’ni endi bemor o‘zi murojaat qilganda ham yoki «Tez yordam» xizmati orqali ham unga test tahlili natijasisiz yordam ko‘rsatiladi», - dedi Feruza Hamroboyeva. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari...
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi