16:15 / 18.07.2020
2 523

Bugundan koronavirus yuqtirgan bemorlar test natijasisiz ham shifoxonalarga joylashtiriladi (video)

Bugundan koronavirus yuqtirgan bemorlar test natijasisiz ham shifoxonalarga joylashtiriladi (video)
Bugundan boshlab klinikalarga bemorlarni qabul qilish test sinamalarisiz amalga oshiriladi. Ya’ni endi bemor o‘zi murojaat qilganda yoki «Tez yordam» xizmati orqali unga test tahlili natijasisiz yordam ko‘rsatiladi.
Bu haqda bugun, 18 iyul kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Feruza Hamroboyeva ma’lum qildi.

Feruza Hamroboyevaning ta’kidlashicha, bugun Respublika maxsus komissiyasining yig‘ilishi o‘tkazilgan. Mazkur yig‘ilishda Maxsus komissiya tomonidan koronavirusga topshirgan test tahlilining natijalari hali chiqmagan, biroq koronavirus alomatlari sezilayotgan fuqarolarni ham tibbiyot muassasalariga joylashtirish mumkinligi to‘g‘risida ko‘rsatma berilgan.

«Bugundan boshlab klinikalarga bemorlarni qabul qilish test sinamalarisiz amalga oshiriladi. Ya’ni endi bemor o‘zi murojaat qilganda ham yoki «Tez yordam» xizmati orqali ham unga test tahlili natijasisiz yordam ko‘rsatiladi», - dedi Feruza Hamroboyeva.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Bugundan koronavirus yuqtirgan bemorlar test natijasisiz ham shifoxonalarga joylashtiriladi (video)