Shavkat Mirziyoyev 31 avgust kuni Ko‘ksaroy qarorgohida o‘tgan marosimdagi nutqida bu qiyinchiliklar ortidan albatta bir yengillik kelishi haqidagi Qur’oni karim oyatlaridan iqtibos keltirdi.
"Bugungi og‘ir vaziyat har birimizdan o‘z faoliyatimiz va mas’uliyatimizni yanada kuchaytirishni talab etmoqda.
Xalqimizda «Ko‘z – qo‘rqoq, qo‘l – botir», degan chuqur ma’noli ibora bor. Bugungi sharoitda bizning ko‘zimiz ham, qo‘limiz ham, yuragimiz ham botir bo‘lishi kerak. Belimizni mahkam bog‘lab, pok niyat bilan mehnat qilsak, shubhasiz, ko‘zlagan marralarimizga erishamiz.
Muqaddas kitoblarda aytilganidek, har qanday qiyinchilik ortidan albatta bir yengillik keladi. Barchamiz bunga ishonamiz va qodir Allohdan shuni so‘raymiz.
Ma’lumot uchun: Qur’oni karim Sharh surasi 5-oyatining ma’nolari tarjimasi aynan shu ma’nolarni ifoda etadi: "Bas, albatta, qiyinchilik bilan osonchilik bordir".
Hali ko‘p Navro‘z va Hayit ayyomlarini, tarixiy sanalar va umumxalq bayramlarini hammamiz birgalikda shodu xurramlik bilan o‘tkazamiz, inshalloh.
Mana, kelgusi yili davlatimiz mustaqilligiga o‘ttiz yil to‘ladi. Mamlakatimiz tarixidagi ushbu unutilmas shonli sanani har tomonlama munosib nishonlashni niyat qilganmiz. Ilohim, shu kunlarga sog‘-omon, yorug‘ yuz bilan yetish hammamizga nasib etsin" - dedi prezident. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi