02:22 / 08.01.2022
2 461

“Bog‘cha opa” dan maktab direktorgacha!

“Bog‘cha opa” dan maktab direktorgacha!
XXI asr taraqqiyot asri! Dunyo borgan sari rivojlanib borsada, lekin bizning hali hamon 3-dunyo mamlakati sifatida qolib ketayotganimiz achinarli holat. Xo‘sh, buning sababi nima? Jamiyatimizdagi qusurlarning ko‘pligi aynan nimaning natijasi?

Ha, to‘g‘ri topdingiz, ta’limga e’tiborsizlik!

O‘zbekistonning 65% ini 30 yoshgacha bo‘lganlar tashkil etar ekan, jamiyatimizga eng kerakli kasb o‘qituvchi va murabbiylar bo‘lib qolaveradi.

Biroq ayni vaqtda tajribasi va bilimi bir nuqtada kesishgan kadrlar kamligi sir emas.

Shu sabab ta’lim tizimida uzoq yillik tajribaga ega Profi jamoasi tomonidan Profi University ochildi.

Universitet ta’lim dasturi 4 akademik o‘quv yili (8 semster)dan iborat ravishda kunduzgi, kechki, sirtqi shakllarda o‘zbek va rus tillarida olib boriladi.

Joriy yilda ushbu oliygoh quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim berishni maqsad qilgan:

- maktabgacha ta’lim;

- boshlang‘ich ta’lim;

- pedagogika-psixologiya;

- ta’lim menejmenti;

- rus tili va adabiyoti;

- ingliz tili va adabiyoti.

Hujjatlar dastlab www.profiuniversity.uz saytida onlayn ravishda qabul qilinadi:

- shaxsni tasqilaydigan hujjat (pasport) elektron nusxasi;

- O‘rta (yoki o‘rta maxsus) ta’limni tasdiqlaydigan hujjat (diplom yoki attestat)ning elestron nusxasi;

- surat – 4 dona (3*4 o‘lchamda).

Universitet qabul imtihonlarini uch bosqichda amalga oshiradi:

1. Talabgorlar onlayn hujjat topshirish vaqtida “Nima uchun aynan Profi University?” mavzusida tayyorlagan motivatsion xatlarini ham rasmiy sayt orqali qabul bo‘limiga yuboradilar.

2. O‘quvchilar rasmiy saytga joylashtirilgan 15 ta savoldan iborat mantiqiy (IQ) test yechishlari kerak bo‘ladi.

3. Abituriyentlar o‘zlari tanlagan yo‘nalish bo‘yicha soha mutaxassisi bilan tashkil etilgan suhbatda ishtirok etadilar.

Profi University o‘z oldiga “Bog‘cha opa” opadan maktab direktorigacha bo‘lgan har bir xodimni yetarli darajada tayyorlashni maqsad qilib qo‘ygan.

Talabalarga Profi jamoasi o‘z tajribasini ulashish uchun doimiy amaliyot tashkil qilgan holda talabalarning o‘qish davrida haq to‘lash evaziga ish bilan ta’minlanishi ham e’tiborga olgan.

Universitetda dastlabki ikki yil davomida ingliz tili chuqurlashtirib o‘qitiladi va bitiruvchilarningning til bilish darajasi IELTS 7,5 darajada bo‘lishi rejalangan.

Universitet bitiruvchilar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zga tillar, xususan o‘zbek, rus va ingliz tillarida dars bera oladilar. ESP/EAP tizimi bo‘yicha tegishli imtihonlarda yetarli natija to‘plagan talabalarga O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan, belgilangan namunadagi diplom beriladi.

Yillar davomida yig‘ilib qolgan ta’lim muammolarni hal etish uchun yolg‘iz o‘zimiz yetarli bo‘lmasligimiz mumkin. Ammo safimizga Siz qo‘shilsangiz, Biz katta kuch bo‘lamiz.

Zamonga mos kadrlar! Profi University

Universitet faoliyati va qabul jarayoni bilan bog‘liq qo‘shimcha savollaringizga quyidagi rasmiy sahifalarimiz orqali to‘liq ma’lumotlar olishingiz mumkin.

Rasmiy veb-sayt: https://profiuniversity.uz
Telefon: +998 78 777 11 11
Telegram: https://t.me/profiuniversity
Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Abu Sulaymon Banokati ko‘chasi, 22-uy.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » “Bog‘cha opa” dan maktab direktorgacha!