01:09 / 08.06.2022
1 338

Mehdi Mahdavikiya: "O‘zbekiston yosh va kuchli tarkibga ega ekan"

Mehdi Mahdavikiya: "O‘zbekiston yosh va kuchli tarkibga ega ekan"
O‘zbekiston U-23 hamda Eron U-23 terma jamoalari o‘rtasidagi bellashuvdan (1:1) so‘ng, Eron olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Mehdi Mahdavikiya matbuot anjumanida birinchi bo‘lib ishtirok etdi.

- Bugun yaxshi o‘yin o‘tkazdik, ammo musobaqaga yoshroq tarkib bilan kelganimiz sezildi. Raqib jamoa safidagi 20-raqamdagi futbolchi menda iliq taassurot qoldirdi.

Bugun g‘alaba qozonishga harakat qildik, ammo ko‘rganingizdek, to‘p darvoza to‘riga kirishni istamadi. Ba’zida, futbolda shunday ham bo‘lib turadi. Afsuski, tarkibimizdagi barcha futbolchilar ham Eron chempionatida to‘p surmaydi.

E’tiborlisi shundaki, O‘zbekiston U23 yosh va juda kuchli tarkibga ega ekan. Qatar esa, turnirda tajribaliroq futbolchilarga ko‘proq suyandi. Turkmaniston ham kelajakni o‘ylab yoshroq futbolchilarga ishonch bildirdi.

Asl maqsadimiz Olimpiadaga yo‘llanma olish. Musobaqa biz uchun ulkan tajriba bo‘ldi. Hal qiluvchi birinchilikda bor imkoniyatimizni ishga solishga harakat qilamiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mehdi Mahdavikiya: "O‘zbekiston yosh va kuchli tarkibga ega ekan"