Superliganing 13-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Bunyodkor" (2:3) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Slavche Voyneski fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"O‘yinning birinchi qismida to‘pni nazorat qildik. Vaziyatlar yaratdik. Biroq ularning bittasidan foydalandik. Ikkinchi bo‘limda jamoam o‘zgardi. Himoyadan hujumga chiqishda xatolar kuzatildi. Tan olish kerak raqibda xohish katta bo‘ldi. Umuman olganda dastlabki bo‘lim yaxshi o‘tdi. Tarkibimizda yo‘qotishlar ham borligini aytib o‘tishim joiz, Sardor Rashidov, Odil Hamrobekov, Oliver Sharkich va hokazo. "Bunyodkor" ham yaxshi jamoa ekanligi ko‘rinib turdi. Iqtidorli yosh futbolchilari bor. Har bir futbolchi tarkibda maydonga chiqib darajani saqlab qolish kerak. Yozgi tanaffusda barcha xatolarni tahlil qilamiz", - dedi Slavche Voyneski.
- Jamoaning jismoniy holati haqida nima deya olasiz? Ikkinchi bo‘limga kelib futbolchilar charchab qolgandek ko‘rindi...
- Futbolda jismoniy va taktik holatni ajratmayman. Taktik jihatdan bo‘sh hududlar ochilib qolsa, uni to‘ldirish uchun kuch sarflash kerak. OCHLda ham, ichki chempionatda ham taktika haqida futbolchilar bilan ko‘p gaplashdik. Lekin...
- Sardor Rashidovning o‘rnini qanday to‘ldirmoqchisiz?
- Oldinda yana bir o‘yin bor. Kelganimda ham aytganman, yoshlarga imkoniyat berishga harakat qilaman. Rashidovning o‘rnini imkon qadar mahalliy futbolchilar bilan to‘ldirishga harakat qilamiz. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi