
PSJ Maurisio Pochettino jamoa bosh murabbiyligidan iste’foga chiqqanini e’lon qildi.
“Klubimiz Pochettino bilan hamkorlikni yakunlaganimizni tasdiqlaydi. Maurisio va uning murabbiylar shtabiga qilgan ishlari uchun minnatdorchilik bildiramiz. Ularning keyingi faoliyatiga omad tilaymiz”, — deyiladi parijliklar bayonotida.
Pochettino PSJni 2021 yilning yanvaridan buyon boshqarib kelmoqda. 50 yoshli argentinalik mutaxassis jamoa bilan Fransiya chempionligini qo‘lga kiritdi, shuningdek, mamlakat kubogi va Superkubogi sohibiga aylandi. Chempionlar Ligasida esa jamoa 1/8 finalga qadar yetib bordi.
Bugun, 5 iyul kuni PSJ matbuot anjumani o‘tkazishni rejalashtirgan. Unda katta ehtimol bilan Kristof Galtening yangi bosh murabbiy etib tayinlanishi e’lon qilinadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar