09:48 / 30.08.2022
1 105

Xolandning dahshatli xet triki, yonayotgan Levandovski,Firminoning uyg‘onishi – yevrofutbol hafta revyusi

Xolandning dahshatli xet triki, yonayotgan Levandovski,Firminoning uyg‘onishi – yevrofutbol hafta revyusi
Yevropaning eng yirik ligalarida yana bir hafta yakuni sarlavhalarni bezaydigan kutilmagan natijalar va “golaso”larga boy bo‘ldi.
“Liverpul”ning “Bornmut”ni 9:0 hisobida yanchib tashlashidan tortib Levandovskining “Barselona” uchun yana bir dubl qayd etishigacha dramada kamchilik bo‘lmadi.

Xolandi bor “Siti” dahshatli ko‘rinmoqda
“Manchester Siti” o‘tgan mavsumda 99 ta gol urib besh yil ichida to‘rtinchi chempionlik titulini qo‘lga kiritgan edi ammo bu safar atigi to‘rtta o‘yindan so‘ng ushbu ko‘rsatkichni yo‘qqa chiqarishlari ko‘rinib qolmoqda. Shanbu kuni “Siti” “Kristal Pelas” ustidan 4:2 hisobida g‘alaba qozongan o‘yinda Erling Xoland tomonidan amalga oshirilgan xet trik tufayli Pep Gvardiola jamoasi joriy mavsumda allaqachon 13 ta gol kiritishni uddalashdi.

“Shaharliklar” so‘nggi marta mart oyida qatorasiga ikki o‘yinda gol nimaligini bilmay maydonni tark etishiga to‘g‘ri kelgan edi. Jamoaning osonlikcha gol ura olayotgani yaxshi, boshqa tomondan ular darvoza daxlsizligini saqlashda oqsayapti. “Pelas”ga qarshi oxirgi 6 ta bahsda 4 bor jamoa 2 ta gol farqiga ko‘ra ortda bordi. Ahamiyatli jihati esa ular ushbu 4 o‘yinning birortasida mag‘lub bo‘lganlari yo‘q: ikki g‘alaba va ikki durang qayd etildi. Tanaffusgacha “Kristal” xotirjam ko‘rindi, biroq undan so‘ng “Siti” tezlikni oshirganida ular hech qanday javob bera olmadilar.

Xoland Premer ligadagi debyut mavsumida dastlabki to‘rt o‘yinda 6 ta gol bilan buni uddalay olishiga shubha qilganlarni masxaraladi. Faqatgina uchta hujumchi mana shunday ajoyib start namoyish qila olgan – Diyego Kosta, Serxio Aguero va Mik Kuin. Yuqorilardan xavotirda bo‘lgan Gvardiola ko‘p narsa oldinda ekanini aytmoqda.

Parijda tinchlik
Yakshanba oqshomida PSJ “Park de Prens” o‘yingohida “Monako” darvozasiga penalti tepishi belgilangach barcha nima bo‘lishini bilish uchun sabrsizlanib turar edi. Mbappe va Neymar o‘rtasida 11 metrlik nuqtadan penaltini kim amalga oshirish borasidagi bahsdan ikki hafta o‘tib, bu safar hech qanday qiziq voqea sodir bo‘lmadi. PSJning birinchi penalti tepuvchisi Killian Mbappe hisoblanadi, biroq hakam tomonidan darvoza tomon jarima zarbasi belgilanganda ikki yulduz o‘zaro qisqa suhbatlashib olishdi va Mbappe braziliyalik jamoadoshiga zarbani amalga oshirishiga ruxsat berishga qaror qildi.

Hech qanday bahs yoki yangilikka sabab bo‘luvchi voqea yuz bermadi, shunchaki ikki ulg‘aygan jamoadosh o‘rtasida o‘sha vaziyatda penaltini kim tepishga munosib ekanini kelishib olishdi.

Mbappe Neymarga penaltini tepishga qo‘yib bergani uchun u bu vaziyatda yutdi, deb hisoblaymiz. PSJ hisobda ortda qolayotgani bois Neymarning urgan goli kuchlar tengliginigina taminladi(1:1), xolos. Fransiya chempionlari ko‘proq dramadan qochishga harakat qildi.

“Barsa”da Levandovskining erasi boshlandi
“Barselona” yakshanba kuni “Real Valyadolid”ga qarshi o‘yinni boshlashdan oldin asosiy e’tibor nihoyat La Ligada rasman ro‘yxatdan o‘tgan va yangi jamoasi himoyasida debyut qilishga tayyor bo‘lgan Jyul Kundega qaratildi.

“Kamp Nou”da final hushtagi yangraganida shov shuvli yozgi transferlardan yana biri Robert Levandovski o‘zgacha o‘yini bilan diqqatni o‘ziga tortdi. Polshalik futbolchi “Barselona” raqib ustidan yirik 4:0 hisobida ustun kelgan bahsda dublga erishdi. Klub futbolchini “Bavariya”dan jalb qilish uchun qattiq mehnat qilgani o‘z mevasini berishni boshladi. Uning har futda jahon darajasidagi o‘yinchi ekani yanada oydinlashmoqda.

Levandovski ushbu mavsumda allaqachon to‘rtta gol urdi va oldinda hali ko‘plab shunday gollar bizni kutib turibdi, deb umid qilamiz.

U faqatgina gollari bilan emas, balki eski maktab vakili jarima maydonchasi ichidagi “yirtqich” sifatida obro‘ qozonishi mumkin. Uning to‘pga teginishi, vaziyatni ko‘ra olishi va bog‘lana olishi shu paytgacha “Barsa” libosida muxlislarni o‘ziga rom qildi. U bilan birga Rafinya, Usman Dembele yoki Ansu Fati bo‘ladimi, Levandovskining aql zakovati uning oldingi chiziqdagi jamoadoshlari bilan bir birlarini yaxshi tushuna olishni shakllantirish imkonini beradi va bu LaLiga himoya chizig‘i uchun yomon yangilikdir.

Tchuameni “Real”da Kazemironing o‘rnini to‘ldiradi
Vinisius Junior yakshanba kuni “Real” Madridning “Espanol”ga qarshi o‘yinida 3:1 hisobida g‘alaba qozonib qatorasiga uchinchi o‘yinda zafar quchishida ajoyib jamoaviy harakatni namoyish etdi. Yozgi transferlar chog‘ida klub maqsadlarining yuragida bo‘lgan Orelen Tchuameni kataloniyaliklarga qarshi o‘yindagi harakati orqali madridliklar Kazemironi qo‘rqqanlaridan kamroq sog‘inishlarini ko‘rsatdi.

Tchuameni bir muddat to‘pga egalik qilganidan keyin Karim Benzema bilan pas o‘ynadi va Vinisiusni ajoyib to‘p bilan ta’minladi. Vaziyatning yakuni ham ajoyib bo‘ldi. “Qirollik klub”ining Kataloniyadagi ishlari o‘yin paytida butunlay rejadagidek ketmadi. Xoselu mezbonlar foydasiga gol urib hisobni tenglashtirganidan keyin Benzemaning o‘yin yakunlanishiga oz qolganida kiritgan ikki goli poytaxt jamoasiga uch ochkoni taqdim etdi.

Firmino o‘tmishni esladi
Bu o‘yin xuddi bir necha mavsum oldingi ko‘rinishga o‘xshab ketdi. Quyoshga to‘lgan "Enfild": “Senor, to‘pni Bobbi Firminoga uzating va u gol uradi”, deb hayqirardi.

Shanba har tomonlama Firminoning kuni bo‘ldi. U maydonda bo‘lgan 69 daqiqa mobaynida ikkita gol va uchta golli uzatma bilan o‘yin boshlanishidan nazoratni o‘zida ushladi. U “Liverpul” o‘ziga xos jamoaga aylantirgan eski yaxshi davrlarga qaytgandek ajoyib o‘ynadi. U Yurgen Klopp erishgan barcha yutuqlarning asosiy qismi edi. Firmino jarohatlar, yomon forma va yangi qon kelishi o‘rtasida “yolg‘iz kezdi”.

U hozirda 30 yoshda(2 oktabrda 31 yoshga to‘ladi), u ortiq shanba kuni “Bornmut” ustidan 9:0 hisobida zafar quchilgan o‘yindagidek barqaror o‘yin ko‘rsata olmaydi, u endi o‘sha kungidek raqibni dahshatga sola olmaydi. Biroq u o‘sha kuni hali ham jamoa uchun naf keltirish qo‘lidan kelishini isbotladi. Eslatib o‘tamiz, uning “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi bir yildan so‘ng o‘z nihoyasiga yetadi.

Trent Aleksandr Arnoldning himoyasi haqidagi doimiy savollar bu mavsumda allaqachon qayta paydo bo‘ldi, biroq uning to‘p bilan beqiyos darajadagi muomalasini inkor etib bo‘lmaydi. Shanba kuni “Liverpul” rekord darajadagi hisobini takrorlab “Bornmut”ni 9:0 bilan mag‘lub etganida futbolchi tomonidan kiritilgan uchinchi gol yuqoridagi fikrning yorqin isbotidir.

Dastlab “Bornmut” yarim maydonida to‘pga egalikni boy bergan 23 yoshli futbolchi uni qaytarib oldi va Firminoga uzatdi. Firmino uni yana Trentga qayta oshirdi va u olis masofadan darvozani ishg‘ol qildi. To‘p “Bornmut” darvozaboni Mark Traversning yonidan o‘tib, to‘rga yo‘l oldi. Bu har qanday hujumchi faxrlanadigan yakun bo‘ldi.

Mansurbek Ne’matov tarjimasi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xolandning dahshatli xet triki, yonayotgan Levandovski,Firminoning uyg‘onishi – yevrofutbol hafta revyusi