
Totalizator mavzusidagi xabar OAVga sizdirilganiga 100 soat bo‘ldi. Hamma yakuniy xulosalarni intizorlik bilan kutyapti. Oldin aytilganidek, bu juda nozik mavzu. Shoshmaslik, mas’ullarni ham shoshirmaslik kerak. Biz esa siz uchun hech qayerda aytilmagan tafsilotlarni qidiryapmiz.
Buguncha "Loko"ga yaqin manbalardan olingan 2 ta yangi ma’lumot bilan o‘rtoqlashamiz.
1) "Temiryo‘lchilar" atrofidagi voqealar avvaldan o‘rganilayotgani haqida aytgandik. Totalizatorga aralashish uchun moyillik legionerlarda ko‘proq bo‘ladi. Shu tufayli oldingi chiziqda juda qulay imkoniyatlardan foydalana olmayotgan Jerom Etame ("Yangiyer"dan kelgan) hamda markaziy himoyada qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ygan Samuel Opex ("Oqtepa"dan o‘tgan) shubha ostiga olingan edi (buni shtabda ishlagan murabbiylardan biri tasdiqladi).

Ammo o‘rganishlar natijasida jamoaning afrikalik legionerlari 100% toza ekani va bukmeykerlik ishlariga aloqasi yo‘qligi aniqlangan (shu qorako‘zlar uchun xursandmiz).

2) Ishning ichida o‘zbekistonlik futbolchi ham bor ekan. Hozircha uning shaxsi, qaysi jamoada to‘p tepishi haqida aniq ma’lumot aytolmaymiz...
Xulosa: Kaxi bilan birgalikda mahalliy futbolchilardan biri obdon o‘rganilayotgani aniq. Demak, mazkur ish ko‘pchilik o‘ylaganidek 1 kishi bilan yopilib ketmasa kerak. Ozgina sabr va bunga guvoh bo‘lasiz. Biz mavzu bo‘yicha yangi tafsilotlarni qidirishda davom etamiz.
Muallif: Faxriddin Ro'ziyev
Maxaradze IshiO‘zbekistonlik FutbolchiTotalizator MavzusiJamoaning Afrikalik LegionerlariYangi Ma’lumotMahalliy Futbolchilar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar