15:36 / 10.09.2022
1 587

To‘purar legionerimiz Turkiya, Polsha, Qatar, Saudiya klublari taklifini rad etdi!

To‘purar legionerimiz Turkiya, Polsha, Qatar, Saudiya klublari taklifini rad etdi!
Bobur Abduxoliqov Belarus chempionatida to‘purarlik mahoratini namoyish qilib kelmoqda. “Nasaf” tarbiyalanuvchisi legioner sifatida Belarus chempionatida 19 ta uchrashuvda 19 ta gol urdi va mamlakat kubogi doirasidagi bitta bahsda ham maydonni golsiz tark etmadi.

O‘zbek hujumchisining ajoyib statistikasi bir necha xorij klublarining e’tiborini tortdi. Belarus ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarida Bobur Abbduxoliqovning agenti G‘ayrat Xasbiullin bilan suhbat e’lon qilindi.

- G‘ayrat, yozda Boburning kelajagi borasida ko‘p mish-mishlar tarqaldi, xususan “Sochi” va “Gannover” taklifi masalasida. Bularning qay biri haqiqat?
- Hammasi to‘g‘ri. “Sochi” vakillari bir necha bor o‘yinchini kuzatishdi. Lekin ko‘rib turganingizdek, ish shartnoma imzolashgacha yetib bormadi.

“Gannover”ga kelsak, Bobur ularning skautlari ro‘yxatiga kiritilgan. Menga qishgacha kutib turish kerak, keyin masalaga aniqlik kiritilishini aytishdi.

- Bizdagi ma’lumotlarga qaraganda, hujumchiga Qatardan qiziqish bor va u yerdagi transfer oynasi 15 sentabrda yopiladi. Transfer bo‘lishi mumkinmi?
- Ayni paytda biz uchun o‘yinchi faoliyatini Yevropa yo‘nalishida olib borishi muhim, Boburning o‘zi ham shuni istayapti. Hamma narsa bo‘lishi mumkin, lekin uning o‘zi mavsumni "Energetik-BGU"da o‘tkazishni xohlayapti. Chempionatning eng yaxshi to‘rurari bo‘lmoqchi, jamoadoshlari bilan medalni qo‘lga kiritib, jamoani Yevrokuboklarga olib chiqmoqchi.

- Yevropadan qanday takliflar bo‘ldi?
- Shotlandiya chempionatining o‘rtamiyona jamoasidan qiziqish bo‘lgandi. Ularni Belarus klubi bilan hisob-kitob qilish kerakligi hayratga soldi. Turkiyaning “Gyoztepe” jamoasidan chorlov bor edi, bu jamoa oldiga bir yilda yuqori divizionga chiqish vazifasi qo‘yilgan. Lekin hozir ular quyi divizionda o‘ynayapti. Bobur esa eng yuqori darajada to‘p tepishni istayapti.

Polsha klublaridan qo‘ng‘iroq bo‘ldi. “Vidzev” va “Gurnik”dan jamoaning mavsumdagi maqsadlari, kelajak rejalari haqida so‘radik, ularning javobi bizni qoniqtirmadi. Bunga qo‘shimcha tarzda, bu jamoalarning o‘yin uslublarini o‘rganib chiqib, ular Boburga umuman to‘g‘ri kelmaydi, degan qarorga keldik.

Qo‘shimcha qilib aytishim mumkinki, bizga Saudiya Arabistonidan moliyaviy nuqtai nazardan juda yaxshi taklif bildirildi. Lekin hozir Bobur uchun bu eng muhim masala emas, u Osiyodan Yevropaga o‘tish qiyinlashib ketishini yaxshi tushunadi.

- Bizni ikkilantirayotgan masala bor. Abduxoliqov shartnomasi 2022 yilning oxirigacha tuzilgan, bu futbolchi erkin agent sifatida ketishi mumkinligini ko‘rsatadi, demak, klub uning boshqa jamoaga o‘tishidan daromad ko‘rmaydi...
- Siz haqsiz. Lekin klubga va Anatoliy Ivanovich Yurevichga cheksiz hurmatimiz yuzasidan “Energetik-BGU” bu transferdan qandaydir foyda olishiga harakat qilamiz.

- O‘yinchiga Belorus chempionatining boshqa klublaridan qiziqish bo‘lganmi?
- Ha, Soligorskning “Shaxtyor” jamoasi qiziqqan edi, shart-sharoitlar bo‘yicha kelisha olmadik.

- Abduxoliqov mavsumni “Energetik-BGU”da tugatishni tasdiqlash mumkinmi?
- Klub bilan shunday kelishuv bor. Agar mavsumning qolgan qismida klubning vazifalari o‘zgarib ketmasa, 99 foiz shunday bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » To‘purar legionerimiz Turkiya, Polsha, Qatar, Saudiya klublari taklifini rad etdi!