1 547
Superligada bosh og‘rig‘i bo‘layotgan va "qovun tushirib" qo‘yayotgan klub yoxud mutaxassis fikrlari
15-18 sentabr oralig‘ida Superligada 19-tur o‘yinlari tashkil qilinadi. AGMK – “Paxtakor” o‘yini bilan boshlanadigan tur “Neftchi” – “Dinamo” qarama-qarshiligi orqali nihoyasiga yetadi.
Bu turda ham jiddiy bellashuvlar va markaziy to‘qnashuvlar bor. Mutaxassis Rashid G‘ofurov saytimiz uchun tur oldidan o‘zining fikr va mulohazalarini bildirdi.
15 sentabr (payshanba)
AGMK – “Paxtakor”
- Biror jamoa haqida nimadir deyish qiyin bo‘lyapti. Nega deganda, kutilmagan natijalar uchrab qolyapti. AGMKga endi yutadi deb ishonib turganingizda uyida kutilmagan mag‘lubiyatlarga uchrayapti. O‘z-o‘zidan “Paxtakor”ga qarshi uchrashuvda olmaliqliklarda tayyorgarlik yaxshi bo‘ladi. Shundoq ham jamoaning saviyasi ham gapirib turibdi. O‘ylashimcha, “Paxtakor”ning imkoniyati ko‘proq. Natijaga kelsak, kim qanday yutishining menga qizig‘i yo‘q. Kim yutishini taxmin ham qilolmayman. Natija ikkalasiga ham zarur.
“Olimpik” – “Bunyodkor”
- “Olimpik” klubiga kuchliroq deb ta’rif bersa bo‘ladi. Sababi, bu jamoa yaxshi o‘yin ko‘rsatyapti. Endi “Olimpik”dan ko‘p narsani kutish mumkin. Futbolchilari o‘z o‘yinini yana topib oldi va shakllanib qoldi. “Bunyodkor”da aksincha pasayish kuzatilyapti. Yana murabbiy almashdi. Ivan Boshkovichni birinchi o‘yini. Keliboq birinchi o‘yindan Kreml yasab qo‘ymasa kerak. Baribir tarkibdagi o‘sha futbolchilarni o‘ynatadi. “Bunyodkor”dan keyingi uchrashuvlardan nimanidir kutsa bo‘ladi. Lekin birinchi bellashuvdanoq nimanidir kutishga va o‘yinida katta o‘zgarish bo‘lishiga ishonmayman. “Bunyodkor”ga qaraganda “Olimpik”ning qo‘li balandroq. Bu jamoa safidagi o‘yinchilar terma jamoa a’zolari. Bir-birini yaxshi tushunib qolishgan.
16 sentabr (juma)
“Navbahor” – “Qizilqum”
- “Navbahor” chempionlik uchun kurashayotgan jamoa. “Navbahor” ochko yo‘qotish u yoqda tursin, xato qilishga haqqi ham yo‘q. Bu klub ko‘proq mehmonda yaxshi o‘yin ko‘rsatib g‘alaba qozonyapti. Ammo uyda muxlislar va mutaxassislar kutgan o‘yinni ko‘rsata olmayapti. G‘alabalarga qiyinchilik bilan erishyapti. Balki bosim borligi uchun shunaqa bo‘lib qolayotgandir. Mehmondagi o‘yinini Namanganda ham ko‘rsatsa ancha yaxshi bo‘ladi. Baribir barqarorlik kerak-da. “Qizilqum”ni ham chekkaga surib bo‘lmaydi. Navoiyliklar ancha yuqoriga chiqib oldi. Ketma-ket g‘alabalardan keyin o‘yin surati oshdi. Qiziqarli o‘yin bo‘ladi. Yengil-yelpi o‘yin qolmagan. Safarda “Navbahor” yutib kelgan. O‘z uyida 100 foiz g‘alaba qozonadi, demoqchi emasman, ammo imkoniyati ko‘proq. Shu bois “Navbahor”ning imkoniyati 70x30.
“Nasaf” – “Qo‘qon-1912”
- “Nasaf” birinchi o‘ringa chiqib olgan. Bungacha ular necha marotaba yutsa birinchi o‘ringa ko‘tarilib oladigan vaziyatlarni qo‘ldan boy berdi. Ayniqsa, “Navbahor” durang o‘ynagan paytlarda “Nasaf” yutadigan bo‘lsa, peshqadamga aylanishi kerak bo‘lgan bir qator imkoniyatlarni qo‘ldan boy berdi. Mana, endi ular haqiqiy ma’noda birinchi pog‘onaga ko‘tarildilar. Menimcha, “Nasaf” buni qo‘ldan boy bermasa kerak. Ayniqsa, o‘z uyida o‘ynaydi. Shuning uchun hamma muxlis va mutaxassislar “Nasaf”ning g‘alabasini taxmin qilayotgan bo‘lsa kerak. Lekin shuni unutmaslik kerak, “Qo‘qon-1912” ikkinchi davrada hali yutqazgani yo‘q. Faqat durang o‘ynab kelyapti. Shuni hisobga olganda, raqib ham shunchaki taslim bo‘lmasa kerak. “Navbahor” singari “Nasaf” ham mehmonda yaxshi o‘ynayapti. Safarda bosimsiz xotirjam g‘alaba qozonyapti. O‘z uyida esa barcha beshqo‘llab g‘alaba qozonadi, deb turgan vaziyatda qovun tushirib qo‘yyapti.
17 sentabr (shanba)
“Surxon” – “Lokomotiv”
- “Surxon”ning keyingi g‘alabasi shu “Lokomotiv” bilan bo‘lsa kerak. Anchadan beri yutmayotgandi. Balki ko‘pchilik “Surxon”ni kuchsiz, munosib emas, degan hayollarga borgandir. Ammo jamoani zimdan kuzatgan ko‘pchilikni fikricha o‘yin borasida hech kimdan kam joyi yo‘q ekan, rostdan shunday. Yaxshi shakllangan jamoa. Omad yetishmadi deb bir-ikkita o‘yinni aytish mumkin. Faqat “Surxon”da jamoani o‘z ortidan ergashtiradigan yetakchi yo‘q. O‘yin borasida muammosi yo‘q, yaxshi jamoa. Faqat buni o‘zi kamlik qiladi. Baribir yetakchi futbolchisi bo‘lganida yanada boshqacha bo‘lardi. “Surxon” hozir bu o‘yini bilan o‘z o‘rnida emas. Nazarimda, bu gal “Surxon” “Lokomotiv”ni yutadi. Qanaqadir shunga ishonib turibman.
18 sentabr (yakshanba)
“Metallurg” – “So‘g‘diyona”
- “Metallurg” yaxshi jamoa. Istalgan raqibga bosh og‘rig‘i bo‘lishi mumkin. “Nasaf”, “Navbahor” kabi jamoalardan safarda ochkolar oldi. “Paxtakor” bilan ham deyarli bir xil o‘ynadi. Bu yetakchi klublarga chindan bosh og‘rig‘i bo‘ladigan jamoa. Shu sababli Ulug‘bek Baqoyev jamoasiga ancha qiyin bo‘ladimi, deyman-da. “So‘g‘diyona”da bosim bor, uchta frontda kurashyapti. Bu holatda ularga ham oson emas. Taxminimcha, durang bo‘ladi, kimdir yutib ketmasa kerak.
“Neftchi” – “Dinamo”
- Menimcha, “Istiqlol”da qabul qilsa kerak. “Neftchi”ni o‘yini shakllanib qoldi va o‘zgardi. “Bunyodkor”ga qarshi bahsda o‘z o‘yinini ko‘rsatdi. Ularda o‘yin paydo bo‘lgan. Farg‘onaliklarga g‘alaba suv va havodek zarur. O‘z maydonida “Dinamo”ni qo‘yib yuboradigan bo‘lsa, boshqa jamoadan umid qilmasa ham bo‘laveradi. Menimcha, “Neftchi” yutsa kerak. To‘g‘ri, “Dinamo” uchun ham ortga yo‘l qolmagan. Ikkalasi jon saqlash uchun kurashyapti. Lekin “Neftchi”da imkoniyat ko‘proq. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi