10:16 / 04.05.2016
5 053

Simeone: Myullerning penaltidan gol ura olmagani «Atletiko»ning jon saqlashiga yordam berdi

Simeone: Myullerning penaltidan gol ura olmagani «Atletiko»ning jon saqlashiga yordam berdi
“Atletiko” jamoasi bosh murabbiyi Diego Simeone “Bavariya”ga qarshi (1:2) EChL yarim final javob o‘yinidan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda "Uff.uz" xabar bermoqda.

“O‘yin ancha hissiyotlarga boy o‘tdi. “Bavariya” birinchi bo‘limda yaxshi o‘ynadi. Lekin Myullerning penaltidan gol ura olmagani musobaqada jon saqlashimio‘zga yordam berdi.

Birinchi bo‘limdan so‘ng o‘yinni o‘zgartirishga to‘g‘ri keldi. Biz kuchli tomonlarimizni nmoyish qila boshladik. Torresning penaltidan unumli foydalana olmagani bizni jarohatladi. Baxtimizga hammasi xuddi kinofilmlardek yaxshi tugadi.

“Atletiko”ning ko‘rsatayotgan o‘yinlaridan faxrlanaman. Dunyodagi eng kuchli jamoalarni mag‘lub qilyapmiz. Finalda kim bilan to‘qnash kelishimizdan qat’iy nazar, ajoyib o‘yin ko‘rsatib, g‘alaba qozonishimiz kerak”, – dedi argentinalik mutaxassis.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » Simeone: Myullerning penaltidan gol ura olmagani «Atletiko»ning jon saqlashiga yordam berdi
[/banner_pushhouse