"Roma" bir shart evaziga Shomurodovni qo‘yib yuborishini ma’lum qildi

"Roma" bir shart evaziga Shomurodovni qo‘yib yuborishini ma’lum qildi
"Roma" qishki transfer vaqtida ikki futbolchi bilan xayrlashishga tayyor.

Italiyaning pagineromaniste.com portalining xabariga ko‘ra, "bo‘rilar" Matias Vinya va Eldor Shomurodovni yanvarda qo‘yib yuborish haqida o‘ylamoqda.

"Roma" klubi menedjeri Pinto futbolchilar bilan xayrlashish shartini qo‘ydi. Rimliklar ikki o‘yinchini faqatgina to‘liq sotib yubormoqchi, klub ijara variantini ko‘rib chiqmayapti.

Avvalroq, Shomurodovni "Torino" va "Bolonya" jamoalari ijaraga olmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar