20:00 / 16.11.2022
1 526

O‘rtoqlik uchrashuvi. O‘zbekiston ortiqcha qiyinchiliksiz Qozog‘istonni mag‘lub etdi (video)

O‘rtoqlik uchrashuvi. O‘zbekiston ortiqcha qiyinchiliksiz Qozog‘istonni mag‘lub etdi (video)
Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi doirasida O‘zbekiston hamda Qozog‘iston terma jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Mazkur bellashuvda vakillarimiz 2:0 hisobida raqibdan ustun keldi.

Dastlab, 11-daqiqada Hojimat Erkinov bellashuvda hisobni ochdi. 45-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Eldor Shomurodov oradagi farqni ikkitaga yetkazib qo‘ydi.

Shu tariqa, Srechko Katanes shogirdlari ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Ma’lumot o‘rnida, vakillarimiz 20 noyabr sanasida Rossiya terma jamoasiga qarshi maydonga chiqadi.

O‘zbekiston – Qozog‘iston - 2:0
Gollar:
Hojimat Erkinov 12, - 1:0. Eldor Shomurodov 45, - 2:0 (Otabek Shukurov).

O‘zbekiston: 1.O‘tkir Yusupov, 4.Farruh Sayfiyev, 5.Rustam Ashurmatov, 7.Otabek Shukurov, 8.Dilshod Saitov (13.Sherzod Nasrullayev, 69), 9.Odiljon Hamrobekov (18.Abdulla Abdullayev, 90), 14.Eldor Shomurodov (21.Igor Sergeyev, 84), 15.Umar Eshmurodov, 19.Azizbek Turg‘unboyev (11.Oston O‘runov, 69), 20.Hojimat Erkinov (6.Sardor Sobirxo‘jayev, 69), 23.Husniddin Aliqulov.
Zaxira: 12.Abduvohid Ne’matov, 16.Botirali Ergashev, 2.Alibek Davronov, 3.Ruslanbek Jiyanov, 10.Bobir Abdixoliqov, 17.Dostonbek Hamdamov, 22.Akmal Mozgovoy.

Qozog‘iston: 12.Igor Shatskiy, 2.Sergey Maliy, 3.Nurali Alip, 7.Aslan Darabayev (19.Baxtiyor Zaynutdinov, 46), 8.Asxat Tagibergen (s), 10.Elxan Astanov (5.Islambek Kuat, 80), 16.Mixail Gabishev (13.Bagdat Kairov, 73), 17.Abat Aymbetov (25.Aybar Jaksilikov, 73), 18.Timur Dosmagambetov (14.Dmitriy Shomko, 73), 20.Ramazan Orazov (9.Bauirjan Islamxan, 68), 22.Aleksandr Marochkin.
Zaxira: 1.Aleksandr Zarutskiy,15.Danil Ustimenko, 4.Temirlan Yerlanov, 6.Sultanbek Astanov, 11.Artur Shushenachev, 21.Abzal Beysebekov, 23.Abilayxan Jumabek, 24.Maksim Samorodov.

O‘zbekiston1, Qozog‘iston1, O‘rtoqlik uchrashuvi1

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘rtoqlik uchrashuvi. O‘zbekiston ortiqcha qiyinchiliksiz Qozog‘istonni mag‘lub etdi (video)
ePN