18:13 / 14.01.2023
1 812

Prezident ishga aralashdi yoxud Shomurodov transferi bo‘yicha kutilmagan xabar!

Prezident ishga aralashdi yoxud Shomurodov transferi bo‘yicha kutilmagan xabar!
Eldor Shomurodovning kelajagi hamon mavhum bo‘lib turibdi. Joze Mourino keyingi paytda legionerimizga umuman imkoniyat bermay qo‘ydi.

Bu vaziyatda hamyurtimizning boshqa jamoaga o‘tishi eng maqbul variant sifatida baholanayotgan edi. Xaridorlar ham yetarlicha. Hatto, Shomurodov oldida tanlash imkoniyati ham borligi uchun hujumchimiz “Roma” talab qilayotgan summani berishga rozi bo‘lgan autsayder jamoalari taklifi rad etdi.

Shomurodovga da’vogar orasida “Torino” varianti ma’qul keldi. Turin klubi mutasaddilari ham o‘zbek hujumchisini intizorlik bilan kutmoqda.

Ikki tomon o‘rtasidagi muzokaralarda deyarli kelishuvga erishilgani ta’kidlandi. “Torino” mavsum oxirigacha 1 million yevro ijara puli berishni, keyinchalik Shomurodovning o‘ynagan uchrashuvlari, gollari va assistlari kabi ko‘rsatkichlari asosida 12 million yevro to‘lab, transferni to‘liq amalga oshirishni taklif qildi.

“Roma” sport direktori Tyagu Pinto bunga javoban transfer huquqi o‘rniga xarid majburiyatini olishni talab etdi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, portugaliyalik mutaxassisning mana shu talabi Turin klubi xo‘jayinlariga og‘ir botdi.

Tuttosport nashrining ma’lum qilishicha, ishga “Torino” prezidenti Urbano Kairo aralashdi. Uning shaxsan o‘zi Shomurodovni transfer qilish majburiyatini olishga ta’qiq qo‘ydi.

Turinliklar bir yarim yildan beri asosiy tarkibga kiritilmayotgan o‘yinchi uchun birdaniga katta summa talab qilishni to‘g‘ri qaror deb hisoblamayapti va hujumchini sinovdan o‘tkazmay turib, bu ishga 10 million yevrodan ortiq pul tikishdan cho‘chimoqda.

Hozircha, Shomurodovning transfer bozoridagi ishlari biroz sekinlashdi. Garchi unga “Torino”dan tashqari “Spetsiya”, “Monsa”, “Sampdoriya”, “Kremoneze”, “Sampdoriya”, “Forentina” kabi jamoalar qiziqish bildirgan bo‘lsa-da, Tyagu Pintoning zaxiradagi o‘yinchi uchun 10-12 million yevroni birdaniga to‘lash talabini xaridorlarning aksariyati qabul qilmayapti. Bu kelishuvga rozi bo‘lgan “Monsa” va ”Kremoneze” singari jamoalarning darajasi esa, Shomurodovga to‘g‘ri kelgani yo‘q.

O‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun Shomurodov baribir boshqa jamoaga o‘tishi yagona yechim hisoblanadi. Chunki Joze Mourino bir yarim yildan beri yetarli darajada imkoniyat bermadimi, bundan keyin ham Eldorning xizmatlaridan foydalanishi dargumon.

Qolaversa, portugaliyalik murabbiy “Roma” hujum chizig‘ida Paulo Dibaladan boshqa har qaysi forvard bilan xayralishga tayyor. Hatto samaradorligi pasayib yetgan Temmi Abraxam yoki “Roma”ga qo‘shilgan Andrea Belottiga munosabat ham avvalgidek emas. Mourinoning ishonchini qozonish uchun rosa harakat qilgan Stefan El-Shaaravi ham mavsum yakunlangach, yangi bitim olmaydigan bo‘ldi.

Shunday ekan, Eldor Shomurodovning “Roma”dagi ishlari birdan yurishib ketishiga ishonish qiyin.

Qishki transferlar oynasi yopilishiga hali ikki haftadan ko‘proq vaqt bor. Ungacha vaziyat o‘zgarib, Shomurodov o‘zini o‘ynatadigan jamoaga o‘tib ketishiga umid qilib qolamiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Prezident ishga aralashdi yoxud Shomurodov transferi bo‘yicha kutilmagan xabar!