Turkiyaning Antaliya shahri nafaqat o‘zimizni klublar, balki boshqa mamlakat jamoalari uchun ham o‘quv-mashg‘ulot o‘tkazishga juda ideal joy. Shuning uchun har doim u yerga minglab klublar kelib shug‘ullanadilar. Jamoalar uchun boshqa davlat vakillariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazish ham juda asqotadi.
Antaliyada bo‘lar ekansiz, ko‘zga ko‘ringan futbol shaxslariga ham ko‘zingizga tushaveradi. Ayniqsa, Rossiyaddan ham juda ko‘plab klublarni uchratish mumkin. Bunday yig‘inlar mobaynida o‘zimizning jamoalar Rossiya klublariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazdilar.
Jumladan, Rossiya birinchi divizion vakili – Moskvaning “Rodina” klubi “Andijon”ga qarshi maydonga tushdi. Yodingizda bo‘lsa, ushbu bahsda darvozalar daxlsiz qolgandi. Oldin xabar berib o‘tganimizdek, “Rodina”ning murabbiylar shtabida Rossiya futbolining sobiq yulduzlari faoliyat olib borishmoqda. Bosh murabbiy Dmitriy Parfyonov, uning yordamchilari qatorida Yuriy Kovtun bilan Vladimir Beschastnix ham bor.
Muxlislar ularni yaxshi bilishadi. Masalan, Beschastnix nomi chiqqan hujumchilardan biri bo‘lgandi. U “Rodina”da aynan hujumchilar bilan ishlovchi murabbiy sifatida ishlamoqda. 48 yoshli Vladimir Yevgenevichni ishqibozlar “Spartak”, “Verder”, “Rasing”, “Fenerbaxche”, “Kuban”, “Dinamo”, “Ximki” kabi klublardagi faoliyati orqali eslab qolganlar.
Beschastnix bilan “Andijon”ga qarshi uchrashuvdan keyin biroz gaplashdik. Rossiya futbolining sobiq yulduzi bizga avvalo o‘yin haqida gapirdi:
“Albatta, yaxshi o‘yin bo‘lib o‘tdi. Qiziqarli kechdi va ko‘plab vaziyatlar yuzaga keldi. Ammo uchrashuv 0:0 hisobida golsiz yakunlandi. Shamol tufayli maydonda harakatlanish biroz qiyinlashdi. Shunday bo‘lsa-da, uchrashuv menga yoqdi”.
Shuningdek, Beschastnixdan “Andijon” haqidagi taassurotlarini eshitish ham biz uchun qiziq edi.
“Yig‘inlar davomida taktik o‘zgarishlar bo‘lib turadi. To‘g‘ri futbol o‘ynash uchun qisqa uzatmalar va kombinatsiyalar bilan harakat qilishyapti. O‘ylaymanki, ular chempionatda jismoniy tomondan yaxshi holatga kirishadi”.
Bundan tashqari, Vladimir Beschastnixdan o‘zbek futboli to‘g‘risidagi munosabati va uning darajasini qanday tasavvur qilishi haqida ham so‘radik.
“Hamma jamoalarni muhokama qila olmayman. Hozir barcha futbol o‘ynashni biladi. O‘zbekistonda juda ko‘plab tajribali futbolchilar bor. O‘zbek futbolini kuchsiz, deya olmayman”.
Qolaversa, ko‘pni ko‘rgan sobiq futbol yulduzinig yurtimizda do‘stlari bormi? Bu xususida ham savol berganimizda shunday dedi:
“Biror-bir do‘stlarim yo‘q. Oldin o‘zbek klublariga qarshi o‘ynaganimizda va birga futbol o‘ynab yurgan davrlarim ko‘rishgan paytimizda ba’zilari bilan gaplashib turardik, lekin biror-bir muntazam gaplashib turadigan tanishlarim yo‘q”, - deydi Beschastnix.
Shuhratbek Jo‘rayev.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»