11:30 / 26.02.2023
570

PSV ishqibozi "Sevilya" darvozaboniga tashlandi. Yakun sizni hayron qoldiradi!

PSV ishqibozi "Sevilya" darvozaboniga tashlandi. Yakun sizni hayron qoldiradi!

Yevropa Ligasi doirasida "Sevilya" Niderlandiyada mehmon bo‘ldi. PSV bilan bahsda 0:2 hisobida yengilganiga qaramay, "andalusiyaliklar" birinchi o‘yin (3:0) natijasiga ko‘ra keyingi bosqichga yo‘l oldi. O‘yin yakunlanganini anglatuvchi hushtak chalingach, eyndxovenlik bir ishqiboz stadionga tushib keldi. U bor g‘azabini Ispaniyadan kelgan raqib darvozaboniga ko‘rsatdi, ammo barchasi uning rejalaridan chiqib ketdi.

Yevropa ligasi pley-offida ishtirokni to‘xtatish alamli. Ayniqsa, 2:0 natijasi bilan qozonilgan g‘alaba ham yordam bera olmagan o‘yindan so‘ng ikki hissa yoqimsiz hislarni tuyushga to‘g‘ri keladi. Mana shunday alamli vaziyatda emotsiyalarini jilovlay olmagan PSV ishqibozi maydonga tushib ketdi. U "Sevilya" posboni Marko Dmitrovichga tashlandi. Tomoshabin Markoning yuziga musht tushirdi, biroq kutilmaganda keskin qarshilikka uchradi. Dmitrovich kutilmaganda jangchilarga xos "otvet" qaytardi. U javob hamlasini qilishi, maydonga tushib kelgan ishqibozni musht bilan siylashi mumkin edi.

Shunga qaramay, kiper xotijramlik bilan PSV muxlisini yerga yotqizdi va qo‘llarini qayirib, styuardlar yetib kelguniga qadar ushlab turdi. E’tiborlisi shundaki, bu holatni tashqaridan tomosha qilgan PSV ishqibozlari ham raqibning sovuqqonligi uchun qoyil qolganini yashirib o‘tirgani yo‘q. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda "Sevilya" posboni ko‘p bor yodga olindi. Uning harakatlari allaqachon memlarga aylanib ham ketdi.

Dmitrovich aslida "Sevilya"ning sof kubok o‘yinlari darvozaboni. U asosiy tarkibda kamdan-kam ko‘rinish beradi. Joriy mavsumda 31 yoshli serb barcha musobaqalardagi ishtirokini qo‘shib hisoblasak, atigi 11 marta maydonda ko‘rinish bergan, xolos. Bu bahslarning naq yettitasida u darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan.

Ha, aytgancha, u Yevropa Ligasi doirasidagi bu mavsumdagi ilk o‘yinida maydonga tushdi, ikkita to‘p o‘tkazib yuborganiga qaramay kun qahramonlaridan biriga aylanishni uddaladi. Menimcha, bu voqea hali uzoq vaqt eslab yurilsa kerak.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » PSV ishqibozi "Sevilya" darvozaboniga tashlandi. Yakun sizni hayron qoldiradi!