Yaponiya U-20 ustozi: "Bir necha kun oldin "Paxtakor" U-21 bilan nazorat uchrashuvi o‘tkazdik"
Yaponiya U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Koiti Togashi Osiyo Kubogi oldidan matbuot anjumanida qatnashdi.
- Yaponiya terma jamoasining turnirdagi maqsadi qanday?
- Maqsadimiz – Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritish. Lekin birinchi navbatda, guruhdan chiqishimiz kerak. Raqiblarimiz ham ancha kuchli, hech kimga oson bo‘lmaydi.
- Ushbu tarkib bilan Osiyo Kubogiga qancha vaqt tayyorgarlik ko‘rdingiz?
- Turnir oldidan futbolchilar klublarda yig‘in o‘tkazayotgan edi va shu sabab ularni yig‘madik. O‘tgan yili saralash musobaqasidan oldin yig‘in o‘tkazgandik, saralash bosqichidan so‘ng esa nazorat uchrashuvlarida ishtirok etib, futbolchilarimizning yaxshi sport formada bo‘lishini ta’minlab turdik. Musobaqaga yetarlicha tayyorgarlik ko‘rdik.
- Ertaga Xitoy terma jamoasiga qarshi kechadigan uchrashuvda jamoangizdan nima kutmoqdasiz?
- Xitoy terma jamoasi kuchli raqib, guruhimiz ham oson emas, lekin biz reja bo‘yicha harakat qilishimiz kerak. Ertaga biz uchun oson uchrashuv bo‘lmaydi.
- Qibray sport bazasida mashg‘ulot olib boryapsizlar, yaratilgan sharoitlardan qonikdingizmi?
- (kuladi) Qibray sport bazasi "Paxtakor"ga tegishli ekan. Bir necha kun oldin "Paxtakor" U-21 tarkibi bilan nazorat uchrashuvi o‘tkazdik. "Paxtakor" yoshlar jamoasida kuchli texnikaga ega o‘yinchilar bor ekan, nazorat uchrashuvi uchun ularga minatdorchilik bildiraman.
U-20 Osiyo Kubogi 1-turi doirasidagi Yaponiya – Xitoy uchrashuvi ertaga "Jar" stadionida soat 15:00 da boshlanadi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring