23:35 / 03.03.2023
422

Jaloliddinov "Olimpik"ka kelib, puldan voz kechgani va Messiga havas qilib, raqam tanlagani haqida gapirdi

Jaloliddinov "Olimpik"ka kelib, puldan voz kechgani va Messiga havas qilib, raqam tanlagani haqida gapirdi

O‘zbekiston Superligasi 2023 yilgi mavsum 1-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Olimpik" bahsi yakunlandi. Unda mehmonlar 3:2 hisobida kuchli raqibdan ustun keldi.

"Olimpiyachilar" safida Jiyanov, Odilov hamda Abdumajidov o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Ushbu gollarga "sherlar" safida Sayfiyev hamda Tursunov javob bera oldi.

Uchrashuvdan so‘ng Jasur Jaloliddinov jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi:

- Turkiyada paytimiz qur’adan keyin "Paxtakor"ga qarshi tayyorlanishni boshladik. O‘yinimiz kuchaygani ham bor gap, ammo bugun bizga qiyin bo‘lishini bilardik. "Paxtakor" boshqacha kayfiyatda maydonga tushgandi. Shuni inobatga olgan holda, hamma narsaga tayyor turgandik.

- O‘ylashimcha, bizni hech kim yosh deb qabul qilmaydi. Qaytanga eng qiyin raqib, deb qabul qilishsa kerak. Bugungi uchrashuvdan keyin ham fikrlari o‘zgargani aniq.

- 10-raqamni sizga berishmadimi?

- Yo‘q, berishmoqchi edi. O‘zimning olgim kelmadi. Sababi, Messi 30-raqamni olgani uchun o‘zimga shu raqam yoqib turgandi. Terma jamoada 10-raqamda, sardor sifatida to‘p tepaman. Bu borada Leo bilan o‘xshashlik bor.

- Kelajak rejalaringiz qanday?

- Agar yozda yaxshi taklif chiqsa, ketsam kerak. Jamoa chempionlik uchun kurasha olsa, qolishim mumkin.

- "Olimpik"da o‘zingizni qulay his qilasizmi?

- "Olimpik"ka kelsam eng zo‘r o‘yinimni ko‘rsataman va o‘zimni yaxshi his qilaman. Bu yerga kelish uchun puldan kechishimga to‘g‘ri keldi. Olimpiadaga bir oy qoldi va ayni vaqtda hamma narsadan kechib, eng yaxshi formamni tiklashim kerak. Meni ko‘pchilik "pul uchun o‘ynaydi", deb hisoblaydi. O‘zimga va muxlislarga bunday emasligini isbotlash uchun "Olimpik"ka keldim.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jaloliddinov "Olimpik"ka kelib, puldan voz kechgani va Messiga havas qilib, raqam tanlagani haqida gapirdi