U-20 Osiyo Kubogi 2-turida Avstraliyaga uchralgan 2:3 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin Eron yoshlar termasi ustozi Abdulsamad Marfoviy o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.
Jamoangiz o‘yini haqida fikr bildirsangiz?
– Avstraliya terma jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Jamoalar bir-biriga o‘xshash, ikki tomon xam bir-birini yaxshi o‘rganib chiqqan ekan. Bugun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qildik va ikkita gol urdik, lekin bu g‘alaba uchun yetarlicha bo‘lmadi va mag‘lub bo‘ldik.
Ikkinchi taymda, taktik uslubni o‘zgartirdingiz va shundan so‘ng jamoa ko‘proq xujum qila boshladi, shu haqida fikr bildirib o‘tsangiz?
– Ikkinchi taym oldidan bir oz uslubimizni o‘zgartirdik va ko‘proq xujum qilishga o‘tdik, chunki birinchi bo‘limda mag‘lubiyatga uchrayotgan edik. Rejamiz yaxshi ish berdi, lekin g‘alaba uchun yetarlicha bo‘lmadi va shu sabab mag‘lub bo‘ldik. Bu futbol bugun g‘olib bo‘lasiz, yertasiga mag‘lub.
Vetnam bialn bo‘ladigan keyingi uchrashuvga jamongizni qanday tayyorlaysiz?
– Biz yana kurashga qaytishimiz kerak, futbolchilar hali yosh va ularda ruhiyat shakillanmagan va shu sabab, Vetnamga qarshi yigitlarni nafaqat jismoniy holatini, balki ruhiy tomonlama ham tayyorlashimiz kerak.
Vetnam jamoasini o‘rganib chiqdingizmi?
– Vetnam kuchli jamoa va bizning guruhda kuchsiz jamoa yo‘q. Biz Vetnam terma jamoasini o‘rganib chiqdik va umid qilamizki biz so‘ngi bahsda ham g‘olib bo‘la olamiz.
Vetnam terma jamoasinig qay jihatlari sizni havotirga solmoqda yoki qaysi futbolchisi?
– Vetnam yaxshi jamoa va birinchi uchrashuvda ular yaxshi uslubda o‘ynagan edi, umid qilamanki uchinchi tur bahsida biz o‘z taktikamizda o‘ynaymiz va g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.
Abdulvosit Bektemirov yozib oldi
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring