
U-20 jahon chempionatining 2-turidan oldin gvatemalaliklar shikoyat bilan chiqishdi.
Bugun yoshlar o‘rtasidagi mundialning "A" guruhidan o‘rin olgan Argentina — Gvatemala uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Mazkur o‘yin oldidan bahs-munozara yuzaga keldi: gvatemalaliklar mezbonlarni josuslikda aybladi.
Gap shundaki, mezbonlar delegatsiyasi vakillaridan biri Gvatemala a’zolari uchun ajratilgan kiyinish xonasiga kirib, markaziy amerikaliklarga tegishli o‘yin strategiyasi va boshqa hujjatlarni suratga olgan. Bu haqda mehmonlar FIFAga xabar berishgan.
Terma jamoa murabbiyi Rafael Loredo mazkur holatni tasdiqlab, bu adolatdan emasligini aytdi hamda FIFAni tegishli chora ko‘rishga chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur guruhdan O‘zbekiston va Yangi Zelandiya terma jamoalari ham o‘rin olishgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar