23:52 / 26.05.2023
146

Gvatemala U-20 murabbiyi: "Bizni qoniqtiradigan yagona natija — g‘alaba, buni barcha his qilib turibdi"

Gvatemala U-20 murabbiyi: "Bizni qoniqtiradigan yagona natija — g‘alaba, buni barcha his qilib turibdi"
U-20 jahon chempionatining 3-turi doirasida O‘zbekistonga qarshi o‘yindan oldin Gvatemala terma jamoasi bosh murabbiyi Rafael Loredo o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
 
"Dastlabki ikki o‘yinni o‘tkazib bo‘ldik. Hozir keyingi o‘yin haqida o‘ylashimiz kerak. Maydonga chiqishimiz va yaxshi o‘yin namoyish etishimiz lozim. Biz jahon chempionatida ishtirok etyapmiz, shuning o‘zi katta motivatsiya. Biz odamlari juda yaxshi munosabatda bo‘layotgan mamlakatdamiz va futbol o‘ynash uchun barcha sharoit muhayyo qilingan.
 
Bo‘lajak o‘yindagi g‘alaba bizga uchinchi o‘rinni egallashimiz va keyingi bosqichga chiqish uchun intilishimizda yordam beradi. O‘zbekiston juda uyushqoq jamoa, ular yaxshi himoyalanadi va hujumkor o‘yin namoyish etadi. Biz oldinga tashlanib, hujumlar tashkil etishimiz kerak.
 
Oldingi ikki o‘yinda gol urish uchun ko‘plab imkoniyatimiz bo‘lgandi, ammo ulardan foydalana olmagandik. Bizni qoniqtiradigan yagona natija — g‘alaba, buni barcha his qilib turibdi. Futbolchilarimizga ishonishda davom etishimiz lozim. Biz ikki turda g‘alaba qozona olmadik, lekin ular harakat qilishdi. Bu meni xursand qiladi", - dedi meksikalik mutaxassis.
 
Eslatib o‘tamiz, mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan 27 may kuni soat 02:00 da start oladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gvatemala U-20 murabbiyi: "Bizni qoniqtiradigan yagona natija — g‘alaba, buni barcha his qilib turibdi"