Superliganing 12-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Surxon" o‘yini o‘z nihoyasiga yetdi. Bellashuv "Paxtakor"ning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvning birinchi taymida darvozalar ishg‘ol qilinmadi. Birinchi taymni faol boshlagan termizliklarga omad yetishmadi: Ba’zida Nimelining zarbasiga aniqlik yetishmagan bo‘lsa, yana ba’zi vaziyatlarda Sanjar Quvvatov katta sahnaga chiqdi.
Ikkinchi bo‘limni toshkentliklar faol boshladi. 68-daqiqada o‘yinni boshqarib borayotgan Rahim Karimov Azmiddinovga qizil kartochka ko‘rsatdi. Biroq VARni ko‘rgach, qizil kartochka sariqqa almashdi. Azmiddinov to‘pga o‘ynagan deb topildi.
Shundan so‘ng mezbonlar sardori Cheranda vaziyatlar bo‘ldi. Shulardan birida, 75-daqiqada Dragan aniq zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.
Shu tariqa, Shatskix shogirdlari o‘z uyida g‘alaba qozondi.
PAXTAKOR – SURXON - 1:0
Gol: Dragan Cheran 75, - 1:0 (Sardor Sobirxo‘jayev).
"Paxtakor": 35. Sanjar Quvvatov, 3. Xojiakbar Alijonov, 4. Dostonbek Tursunov (77. Dilshod Saitov, 58), 5. Muhammadqodir Hamraliyev, 7. Odiljon Xamrobekov, 8. Azizbek Turg‘unboyev, 10. Dragan Cheran, 17. Dostonbek Hamdamov, 27. Sardor Sobirxo‘jayev, 34. Farruh Sayfiyev, 88. Shaxzod Azmiddinov.
Zaxiradagilar: 33. Eldobek Suyunov, 12. Sunnatilla Poyonov, 28. Diyor Xolmatov, 29. Muriddin Pazliddinov, 31. Muhammadali Usmonov, 55. Muhammadrasul Abdumajidov.
"Surxon": 1. Artyom Potapov, 2. Bobur Asqarov (4. Shamil Gasanov, 79), 3. Sunnatullo Hamidjonov, 5. Azizbek Pirmuhamadov (17. Jahongirbek Abdusalomov, 61), 6. Artem Sokol, 7. Doston Tursunov (77. Asadbek Karimov, 85), 8. Humoyun Sherbo‘tayev, 18. Silvanus Nimeli (9. Muhammadali Abdurahmonov, 85), 27. Asilbek Jumayev (10. Tamirlan Jamalitdinov, 85), 55. Humoyun Sultonmurodov, 66. Behruz Shaydulov.
Zaxiradagilar: 13. Azizxon Isoqov, 11. Qadamboy Nurmetov, 22. Javohir Jo‘rayev, 25. Nodirbek Bobomurodov.
Ogohlantirishlar: Humoyun Sherbo‘tayev 18, Shahzod Azmiddinov 70, Muhammadqodir Hamraliyev 90+3.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi