
Italiya chempionatida 38-tur bahslari o‘tkazilib, 2022-2023 yilgi mavsum yakunlandi. “Napoli” muddatidan oldin uzoq kutilgan chempionlikka erishdi. Neapolliklar bilan birga “Latsio”, “Inter”, “Milan” YECHL yo‘llanmasiga ega chiqdi.
“Atalanta” hamda “Roma” YELda o‘ynaydi. Ko‘plab ochkolari olib qo‘yilgan “Yuventus” UYEFA Konferensiyalar ligasida qatnashadigan bo‘ldi. “Sampdoriya”, “Kremoneze” B Seriyaga ravona bo‘ldi.
Italiya chempionatidagi joriy yildan amal qiladigan yangi qoidalarga ko‘ra bosh sovrin uchun kurashgan va musobaqani tark etadigan jamoalarning ochkolari teng kelib qolsa, ko‘rsatkichlar (to‘plar farqi, o‘zaro o‘yin)dan qat’iy nazar, qo‘shimcha o‘yin o‘tkaziladi. Bu o‘zgarish mavsum boshlanishidan avval e’lon qilingan.
Shu bois 31 ochkodan jamg‘argan “Spetsiya” hamda “Verona” keyingi hafta neytral maydonda hal qiluvchi uchrashuvda bellashadi. G‘alaba qozongan jamoa A Seriyada jon saqlab qoladi. Mag‘lubiyatga uchragan klub esa quyi ligaga tushib ketadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar