02:17 / 12.06.2023
420

Shomurodov penalti ishlagan va assict qilgan uchrashuvda "Spetsiya" mag‘lub bo‘lib, A Seriyani tark etdi

Shomurodov penalti ishlagan va assict qilgan uchrashuvda "Spetsiya" mag‘lub bo‘lib, A Seriyani tark etdi
A Seriyada qolish o‘yinda "Spetsiya" hamda "Verona" o‘zaro kuch sinashdi. Unda hamyurtimiz Eldor Shomurodov to‘p tepayotgan spetsiyaliklar raqibga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
 
Legionerimiz jamoadoshi Ampaduning goliga assist vazifasini bajardi. Shuningdek, 68-daqiqada penalti ishladi va raqib futbolchisini qizil kartochka olishga majbur qildi. Biroq Nzola Eldor ishlagan penaltini golga aylantira olmadi.
 
Shu tariqa, "Spetsiya" A Seriyani tark etdi. Legionerimiz esa biror o‘zgarish yuz bermasa, ko‘p ehtimol "Roma"ga qaytadi.
 
"Spetsiya" – "Verona" 1:3
Gollar: 0:1 – 5 Faraoni, 1:1 – 15 Ampadu, 1:2 – 26 Ngonj, 1:3 – 38 Ngonj.
Spetsiya – Drongovski, Ferrer (Agudelo, 83), Nikolau, Ampadu, Visnevski (Verde, 53), Retsa, Burabiya, Jurkovski (Kovalenko, 65), Espozito (Sipot, 83), Shomurodov, Nzola.
Verona – Montipo, Faraoni, Davidovich (Kabal, 59), Manyani (Koppola, 85), Xin, Depaoli, Lazovich (Verdi, 59), Tamez, Sulemana, Ngonj (Terrachchano, 76), Djurich (Gaych, 76).
Ogohlantirishlar: Xin (14), Depaoli (28), Davidovich (31), Montipo (66), Ngonj (70), Retsa (71), Espozito (77).
Chetlatish: Faraoni (68).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodov penalti ishlagan va assict qilgan uchrashuvda "Spetsiya" mag‘lub bo‘lib, A Seriyani tark etdi
ePN