07:27 / 28.08.2023
1 119

O‘zbekning zarbasi kuchli ekan, nogiron qilib qo‘yardi!

O‘zbekning zarbasi kuchli ekan, nogiron qilib qo‘yardi!

Polshaning Vrotslav shahridagi professional boks kechasida o‘ta og‘ir vazn toifasida o‘zbekistonlik Lazizbek Mullajonov va qozog‘istonlik Nursulton Amanjolov o‘rtasidagi bellashuvda kelib chiqqan mojaro boksni yoritayotgan xorijiy ommaviy axborot vositalarida keng muhokama qilinmoqda.

Xususan, yakkakurash sport turlarini yoritishga ixtisoslashgan Rossiyaning «neKARAte» Youtube-kanali Nursulton Amanjolov (5-1, 4 KO) hamda Lazizbek Mullajonov (4-0, 4 KO) jangidagi holatga alohida e’tibor qaratdi.

- Mullajonov to‘g‘ridan berilgan qaqshatqich zarba bilan Nursultonni larzaga soldi, raqibning oyog‘i qalqib ketdi. Eslatib o‘tamiz, stadion ochiq osmon ostida edi, havo bulut va yomg‘ir yog‘ayotgan edi. Ringning quruqlik darajasi qanday ekanini bilmayman. Tushunib bo‘lmadi.

Balki ozgina sirpanib ketgandir. Lekin aniq zarba tekkanidan keyin oyog‘i qiyshaydi va bu holatda dahshatli zarbalarni qabul qilib oldi. Bu zarbalardan biri to‘g‘ridan, uchtasi yon tomondan berildi. Bu pallada qozoq bokschisi kamida ettita zarbani o‘tkazib yubordi va javob qaytara olmadi. Mullajonov raqibini kanatga qisib, dabdalasini chiqara boshladi, - deb fikr bildirdi  «neKARAte» muallifi.

Ma’lumki, birinchi raunddagi bu holatdan keyin hakam jangi to‘xtatdi. Biroq, shu paytga qadar professional ringda birorta uchrashuvda mag‘lub bo‘lmagan Nursulton Amanjolov bu qarorga qo‘shilmadi. Mag‘lubiyatga chiday olmay, jahl ustida hakamni turtib tashladi, baqir-chaqir qildi. Ziddiyatli vaziyatni keltirib chiqardi.

Bu holatga ham «neKARAte» Youtube-kanali o‘z munosabatini bildirdi.

- Hakamning jangni to‘xtatish haqidagi qarori mutlaq adolatli bo‘ldi. Referi jangga mutlaqo to‘g‘ri aralashdi.

Bizga nogironlar kerakmas, kaltaklanish tarafdori emasmiz. Mullajonov hujum to‘lqinini tutib oldi, qozoq bokschisi bunga ulgurmadi. Bu erda boshqa hech narsa yo‘q. Qozoq bokschisi ritmga kirishga ulgurmadi ham.

Balki u jangni davom ettirishi mumkin edi, biroq bo‘lgani o‘tib bo‘ldi. Lekin Mullajonov uni tutib oldi va dabdalasini chiqara boshladi, bu pallajda hakam jangni to‘xtatgani eng to‘g‘ri qaror bo‘ldi. Chunki o‘zbek bokschisi yana o‘ttiz soniya uni do‘pposlashi mumkin edi. Raqib javob qila olmay qolgandi.

Men qozoq bokschisining mahoratini kamsitmoqchi emasman. U jangni davom ettirishi mumkin edi, u zo‘r yigit, lekin fakt faktligicha qoladi. G‘alaba haqqoniy bo‘ldi, - dedi  «neKARAte» Youtube-kanali muallifi.

Eslatib o‘tamiz, Lazizbek Mullajonov professional ringdagi ketma-ket to‘rtinchi jangini ham nokaut bilan o‘z foydasiga hal qildi.

Nursulton Amanjolov esa, bungacha beshta jangda ringga chiqib, raqiblarining barini er tishlatgan edi. Lazizbekdan qabul qilib olgan mag‘lubiyati professional faoliyatidagi birinchisi bo‘ldi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekning zarbasi kuchli ekan, nogiron qilib qo‘yardi!