15:00 / 05.09.2023
718

Eron bosh murabbiyi: "Mendan O‘zbekiston haqida savol so‘ramang!"

Eron bosh murabbiyi: "Mendan O‘zbekiston haqida savol so‘ramang!"

23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida saralash uchrashuvlari o‘tkazilishidan xabaringiz bor. Unda O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Eron, Afg‘oniston va Gongkong jamoalariga qarshi to‘p tepadi. Mazkur o‘yinlar oldidan Eron termasi bosh murabbiyi Riza Inayati matbuot anjumanida ishtirok etib, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Avvalombor, assalomu alaykum. Matbuot anjumanida ishtirok etayotgan barchaga rahmat. Eron uchun barcha musobaqa birdek qiyin kechadi. Biz oson turnirlarni o‘tkazmaymiz. Birinchi bahs Gongkong bilan bo‘ladi. Ushbu o‘yin biz uchun muhim. G‘alaba katta imkoniyatlar eshigini ochadi.

Biz hozir bor e’tiborimizni Gongkong bilan kechadigan uchrashuvga qaratamiz. Keyin esa O‘zbekistonga qarshi o‘yin haqida bosh qotirsak bo‘ladi. Ishontirib aytamanki, guruhdagi barcha raqiblar uchun alohida rejalarimiz bor.

Gongkong biz uchun yangilik qilishi mumkin bo‘lgan jamoa. Ularni yaxshi o‘rganib chiqdik. Termaning o‘yini taktik tomonlama tushunib bo‘lmas darajada ekan. Juda chalkash va o‘zgaruvchan terma.

O‘zbekiston futboli rivojlanib bormoqda. Buni barcha yaxshi bilib turibdi. Shunga qaramay, mendan O‘zbekiston haqida savol so‘ramang. Sababi, bu matbuot anjumani Gongkong bilan o‘yin oldidan bo‘lib o‘tmoqda. Shunday ekan, savollar ham Gongkong haqida bo‘lgani o‘rinli, menimcha", - dedi mutaxassis.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eron bosh murabbiyi: "Mendan O‘zbekiston haqida savol so‘ramang!"