Xanchjouda davom etayotgan Osiyo o‘yinlarining boks bahslari qizg‘in tus olmoqda. Bugungi kun dasturidan o‘rin olgan, nomdor bokschimiz Hasanboy Do‘smatov ishtirokidagi jang ham o‘z yakuniga yetdi. Yurtdoshimiz chorak finalda pokistonlik Zoxaib Rashid bilan to‘qnash keldi.
Kutilganidek jang hamyurtimizning katta ustunligida o‘tdi va yakunda 5:0 hisobida g‘alaba qozondi va yarim finalga yo‘l oldi. Endi Do‘smatov yarim final bahsida yaponiyalik jahon chempioni Tomoya Suboiga qarshi jang qiladi.
Oldinda bizni Abdumalik Halakov hamda Bahodir Jalolovning janglari kutib turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar