Yarim o‘rta vaznda sobiq chempion nigeriyalik Kamaru Usman (20-4) o‘zining Hamzat Chimayevga (13-0) qarshi kechgan jangdan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
"O‘ylashimcha, 10 kun ichida divanda yotgan holatimdan oktagonga chiqib bunaqa toifadagi g‘alabaga chanqoq, yosh, kuchli jangchiga qarshi ajoyib jang o‘tkaza oldim. Unda bir yarim yil bu vaznga moslashish uchun ideal muddat bo‘ldi. Menda bunaqa imkoniyat mavjud emasdi. Jangdan oldin men o‘z sport formamga unchalik ishonmadim. Chunki, darajam chempionlik darajasida va men bu darajada sekin jangni boshlashim mumkin emas. Menga yana qo‘shimcha raundlar bering va aynan nimalarga qodirligimni yana bir bora ko‘rib olasiz!"
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar