16:14 / 16.11.2023
207

U-17 JCH. O‘zbekiston kambek qayd etib, Ispaniya bilan durang o‘ynadi

U-17 JCH. O‘zbekiston kambek qayd etib, Ispaniya bilan durang o‘ynadi

17 yoshlilar o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatining 3-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Ispaniya uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda tomonlar 1 ochkodan bo‘lishib oldi.

Dastlab, Oyana 10-daqiqada hisobni ochdi. Oradan ko‘p o‘tmay Uruel oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Birinchi taym so‘nggida Shukurullayev javob qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. 53-daqiqada esa Saidov hisobni tenglashtirib qo‘ydi.

Ushbu o‘yindan keyin O‘zbekiston 4 ochko bilan 3-o‘rinda qoldi. Ispaniya esa peshqadam bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, pley-offga eng yaxshi 3-o‘rin egalari ham chiqadi.

U-17 Jahon chempionati

"B" guruhi. 3-tur

O‘zbekiston – Ispaniya 2:2

Gollar: Igor Oyono (Robertor Martin) 10, Roberto Martin (Mark Bernal) 20, Behruz Shukurullayev 45+4, Amir Saidov 54

O‘zbekiston: 21.Muhammadyusuf Sobirov, 4.Behruzjon Karimov (18.Jasur Hikmatullayev,56) 5.Azizbek To‘lqinbekov, 7.Lazizbek Mirzayev (s), 8.Behruz Shukurullayev, 9.Amirbek Saidov (14.Shodiyor Shodiboyev,86) 13.Behruz Jumatov, 16.Muhammadali Reimov, 17.Ollabergan Karimov (3.Yahyo O‘rinboyev,86), 19.Sherzod Abdulboriyev, 20.Dilshod Abdullayev.

Zaxira: 1.Jahongir Bo‘riyev, 12.Jahongir Mamatqulov, 2.Aminbek Yoqubov,  6.Ozodbek O‘ktamov, 10.Abdulhamid Turg‘unboyev, 11.Quvonchbek Abrayev, 15.Ozodbek Ergashov.

Ispaniya: 1.Raul Ximenes, 4.Yon Martin, 7.Pablo Lopes (19.Daniel Yanez,64) 8.Roberto Martin, 11.Peio Xuyestamendia ( 20.Yago Paulo,74) 12.Igor Oyono (9.Mark Guiu,79) 14.Izan Merino, 15.Andres Kuyenka, 16.Mark Bernal (8.Pau Prim, 64), 17.Oskar Mesa, 18.Kuim Junyent (10.Xuan Ernandes,64).

Zaxira: 13.Fran Abrol, 21.Markos Gonsales, 2.Ektor Fort, 3.Dani Munos, 5.Pau Kubarsi.

Ogohlantirish: Yon Martin (Ispaniya) 47.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » U-17 JCH. O‘zbekiston kambek qayd etib, Ispaniya bilan durang o‘ynadi