"Paxtakor" ertaga yutsa, chempion bo‘ladi. "Qizilqum" o‘tish o‘yinida qatnashadi (turnir jadvali)

"Paxtakor" ertaga yutsa, chempion bo‘ladi. "Qizilqum" o‘tish o‘yinida qatnashadi (turnir jadvali)

O‘zbekiston Superligasi 25-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Metallurg", "Neftchi" - "Qizilqum" va "Nasaf" - "So‘g‘diyona" bahslari yakunlandi.

"Bunyodkor" va "Metallurg" o‘rtasidagi o‘yinda 1:0 hisobida "qaldirg‘ochlar" g‘alaba qozongan bo‘lsa, "Neftchi" o‘z uyida "Qizilqum"ni 1:0 hisobida taslim etdi. Shuningdek, "Nasaf" Qarshida "So‘g‘diyona" bilan murosa ko‘chasini tanladi - 0:0.

Ushbu o‘yinlardan so‘ng Superliga turnir jadvali quyidagicha ko‘rinish oldi:

"Paxtakor" ertaga yutsa, chempion bo‘ladi. "Qizilqum" o‘tish o‘yinida qatnashadi (turnir jadvali)

Shu tariqa, ertaga "Paxtakor" Toshkentda "Surxon"dan ustun kelsa (3 ochko olsa), chempionat yakuniga 1 tur qolganida muddatidan oldin chempionlik masalasini hal qiladi. Qolaversa, 22 ochko to‘plagan "Qizilqum" so‘nggi turdagi natijadan qat’iy nazar o‘z o‘rnida qoladigan bo‘ldi. Bu shuni anglatadiki, navoiyliklar Superliga o‘yinlari tugagach, 6 dekabr sanasida "Qo‘qon-1912" jamoasi bilan Superliga yo‘llanmasi uchun kuch sinashadi.

"Paxtakor" ertaga yutsa, chempion bo‘ladi. "Qizilqum" o‘tish o‘yinida qatnashadi (turnir jadvali)

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar