“Roma” rahbariyati kutilmaganda Joze Mourinoni iste’foga chiqarib, darrov uning o‘rniga klub afsonasi Daniyele de Rossini bosh murabbiy qilib tayinladi.
Corriere dello Sport nashrining ta’kidlashicha, portugaliyalik murabbiyning ketishiga klub xo‘jayini Den Fridkin bilan yuzaga kelgan ziddiyat sabab bo‘lgan.
Manbaga ko‘ra, Mourino ishdan olinishini kutmagan va bu xabarni eshitganda jumbushga kelgan. Fridkinlar oilasi Mourino yo‘l qo‘ygan kamchiliklarni uning o‘ziga aytgan, murabbiy esa, xo‘jayinlarni berilgan va’dalarni bajarmaganlikda ayblagan.
Aksariyat manbalar Den Fridkin “Roma” Yevropa Ligasida “Sevilya”ga yutqazganidan keyin Joze Mourinoni iste’foga chiqarish qaroriga kelganini yozmoqda.
Den Fridkinga Joze Mourino muntazam hakamlarni ayblab kelgani, klubning transfer siyosatini tanqid qilishni to‘xtatmagani va ayrim o‘yinchilar bilan kelisha olmay qolgani yoqmagan.
Xususan, bosh murabbiy jamoaning yetakchi o‘yinchilaridan Kris Smolling, Leonardo Spinatssola, Lorenso Pellegrini va o‘zi tanlagan Renato Sanshesh bilan ziddiyatga borgan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring