Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) Hasanboy Do‘stmatovning chempionlik jangiga buyruq berdi. Bu haqida O‘zbekiston professional boks assotsiatsiyasi ma’lum qildi. Hasanboyning ushbu chempionlik jangidagi raqibi tailandlik Tammanu Niyomtrong bo‘ladi.
Tashkilot tomonlar kelishuvga erishishi uchun muzokaralar o‘tkazishiga 30 kun muhlat berdi.
Ma’lumot uchun, 33 yoshli Niyomtrong faoliyati davomida 24 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Bu u uchun 12-himoya jangi bo‘ladi.
Hasanboy Do‘stmatov esa prof faoliyati davomida 6 ta jang o‘tkazib, barchasida zafar quchgan. Charm qo‘lqop ustasi WBA reytingida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
Avvalroq, WBA tashkiloti yarim yengil vazn chempionligi uchun Otabek Xolmatov hamda amerikalik Raymond Ford ishtirokidagi jangga buyruq bergan edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”