Rossiya Premer-ligasining aksariyat muxlisu mutaxassislarini mavsumning birinchi qismida asosiy kashfiyotga aylangan Abbosbek Fayzullayev chempionatning qolgan o‘yinlarida qanday harakat qilishi qiziqtirmoqda.
20 yoshli futbolchimiz Qatarda otkazilgan Osiyo kubogida ham yorqin o‘yin ko‘rsatganidan keyin xorij klublari kuzatuvida ekani haqida bir qator ma’lumotlar tarqatildi.
Ayrim ekspertlar SSKA mavsumni qaysi o‘rinda yakunlashi ko‘p jihatdan o‘zbek legionerining o‘yiniga bog‘liq ekanini ta’kidlamoqda.
SSKAning sobiq hujumchisi Valeriy Masalitin “armiyachilar”ni Germaniya chempionatini ostin-ustun qilib tashlagan “Bayer” singari o‘ynashga chaqirdi. Ma’lumki, leverkuzenliklar ispaniyalik murabbiy Xabi Alonso qo‘l ostida mavsumni mag‘lubiyatsiz o‘tkazmoqda.
“Bayer” Bundesliganing 23 ta uchrashuvida hali mag‘lubiyatga uchragani yo‘q, bu bellashuvlarning 19 tasini o‘z foydasiga hal qildi va to‘rt marotaba durang o‘ynadi. Leverkuzenliklar faqat amaldagi chempion “Bavariya”, ikkala “Borussiya” va uchinchi o‘rinda borayotgan “Shtutgart” bilan ochko bo‘lishdi.
Ikkinchi davrada “Bavariya” darvozasiga javobsiz uchta gol urib, ochkolar orasidagi farqni sakkiztagacha oshirdi va chempionlikka asosiy da’vogar bo‘lib turibdi.
Tajribali ekspert Valeriy Masalitin SSKAga “Bayer”ni o‘rnak qilib, quyidagi jihatlarga e’tibor qaratish lozimligini maslahat berdi.
- Bahordan boshlab SSKAdan hujumkor futbol kutib qolaman, chunki shunda gollar bo‘ladi, gol urilsa, g‘alabalar ham keladi. SSKAda hujumkor futbolga moslashgan futbolchilar guruhi bor, faqat ulardan foydalanishni bilish kerak, balki o‘yin sxemasini o‘zgartirish lozimdir.
Har bir murabbiy o‘yinda balansni topishni istaydi, lekin buni faqat kam sonli mutaxassislar eplay oladi. Keling, mana shu ishni “Bayer”da uddalagan Xavi Alonsoni misol keltiraylik.
U klubga kelganidan keyin, nimalarnidir o‘zgartirdi, hammani kerakli joyga qo‘ydi va jamoa super darajaga ko‘tarildi.
“Bayer” ikki nafar pleymeyker bilan o‘ynaydi, ularda kichkinagina Florian Virs bor, u xuddi Abbosbek Fayzullayevga o‘xshaydi. Bu futbolchi butun maydonni ag‘dar-to‘ntar qilib tashlaydi, unga hech qanday cheklov qo‘yilmagan, lekin himoyalanish vaqtida ortga qaytib, himoyaga ham yordam beradi. Hujum vaqtida esa, u har joyda paydo bo‘ladi.
Agar SSKA bosh murabbiyi Vladimir Fedotov Abbosbek Fayzullayevni chap qanotga, Ivan Oblyakovni o‘ng tarafga birintirmasdan, ularga erkinlik berganida edi, hammasi yaxshi tomonga o‘zgargan bo‘lardi.
Bu ikki futbolchini ramkaga solib, qanotlarga bog‘lab qo‘yib bo‘lmaydi, shu sababli ular bor mahoratini namoyon eta olmayapti, - dedi Valeriy Masalitin.
Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullayev o‘tgan yilning avgust oyida “Paxtakor”dan SSKAga ko‘chib o‘tganidan keyin qisqa fursatda “armiyachilar”ning yetakchi o‘yinchisiga aylandi. Mavsumning birinchi qismida SSKAning deyarli barcha hujumlari Abbosbek Fayzullayev orqali tashkil etildi.
Hamyurtimiz Moskva klubiga ko‘chib o‘tganidan buyon barcha turnirlarda 18 marotaba maydonga tushib, ikkita gol va to‘qqizta assist muallifi bo‘lgani ham legionerimizning SSKA o‘yiniga ta’siri katta ekanidan dalolat bermoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?