21:37 / 25.03.2024
202

O‘zbekistonlik boks yulduzlari Mayk Tayson va Jeyk Pol jangi haqida fikr bildirishdi

O‘zbekistonlik boks yulduzlari Mayk Tayson va Jeyk Pol jangi haqida fikr bildirishdi
Xabaringiz bor, 20 iyul kuni boks afsonasi 58 yoshli Mayk Tayson bloger va bokschi Jeyk Pol bilan o‘ziga xos kechada ringga ko‘tariladi. Biz ushbu jang yuzasidan taniqli bokschilarimizga ushbu jangdan nima kutyapsiz, degan savol bilan murojaat qildik.

Ruslan Chagayev: -To‘g‘risi, bu jang haqida nima deyish mumkin. Nazarimda bu men uchun bir shou bo‘ladigandek taassurot uyg‘otmoqda. Haqiqiy jang bo‘lmaydi.

Hasanboy Do‘smatov: - Ochig‘i, bu jang haqida biror fikr bildirish ham qiyin. Bu shou jang, 60 yoshlik faxriyni kim ham urardi.

Abdumalik Xalokov: - Albatta, bu shunchaki shou jangi bo‘ladi, degan fikrdaman. Bahs to‘liq davom etadi. Har ikkisining qo‘li ko‘tariladi. Ya’ni durang natijani qayd etishadi.

Lazizbek Mullajonov: - Bu jang qanday maqomda bo‘lishidan qa’tiy nazar, Mayk Taysonga muxlislik qilaman. Biz bokschilar hamisha boks odami tomonda bo‘lamiz. O‘ylaymanki, Tayson yutadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonlik boks yulduzlari Mayk Tayson va Jeyk Pol jangi haqida fikr bildirishdi