Butunjahon boks tashkiloti (WBO) Isroil Madrimov hamda Terens Krouford o‘rtasidagi jangni tasdiqladi. WBO yo‘nalishining vaqtinchalik kamari uchun kechadigan jang 3 avgust kuni Los-Anjeles shahrida o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun ushbu vazn toifasida WBO yo‘nalishi chempioni Sebastyan Fundora hisoblanadi.
Shuningdek, turnirdan quyidagi janglar o‘rin olgan:
- Tim Szyu (24-1) — Virjil Ortis (20-0);
- Endi Ruis (35-2) – Jarrell Miller (26-1-1);
- Isaak Kruz (26-2-1) – Xose Valensuela (26-2-1);
- Devid Morrel (10-0) – Radivoye Kalayjich (28-2);
- Endi Krus — Antonio Moran.
Qayd etib o‘tish joiz, o‘tgan yilning 30 iyul kuni Krouford hamyurti Errol Spensni to‘qqizinchi raundda texnik nokautga uchratib, yarim o‘rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioniga aylangan edi.
Amerikalik chempion professional ringda o‘tkazgan 40 ta jangining barchasida g‘alaba qozongan. G‘alabalarining 31 tasiga nokaut orqali erishgan.
Eslatib o‘tamiz, Isroil Madrimov 8 mart oqshomida Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida rossiyalik Magomed Kurbanovni 5-raundda nokautga uchratib, WBA kamarini qo‘lga kiritgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi
Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)