Yupp Xaynkes: Futbol aqldan ozmoqda. Endi u biznesga aylangan

"Bavariya" klubi sobiq bosh murabbiyi Yupp Xaynkes zamonaviy futbol haqida fikrlarini bildirdi.
"Transfer bozori qay darajada "yonib" ketayotganiga bir qarang. Futbol aqldan ozdi va o‘z ruhiyatini yo‘qotdi. Endi u biznesga aylangan. Hammasini tez, tez va tez bajarish lozim. Hozir hech kimda sabr, degan tushuncha qolmadi.
Boshqa tomonlama, hayotda ham xuddi futbolda bo‘lganidek. Agar biror narsaga bor kuch va ishtiyoq bag‘ishlamasang, oqibati tezda ko‘rinadi. Bu esa dahshat", - deydi Xaynkes.
Manba: fut.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing