133
Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz"
Indoneziya OTJ Qatardagi Osiyo kubogida uchinchi o‘rin uchun bahsda Iroqqa mag‘lub bo‘ldi va Olimpiadaga to‘g‘ridan to‘g‘ri chiqish imkoniyatini yo‘qotdi.
Endilikda ular 9 may kuni Parijda Afrika vakili Gvineya bilan pley-off o‘yinida kuch sinashadi. Indoneziya OTJ ustozi Shin Tae Yong jamoasining mag‘lubiyatini quyidagicha izohladi.
"Natija juda achinarli. Biz qo‘limizdan kelganini qildik. Lekin oldinda Olimpiadaga borish uchun yana bir imkoniyatimiz bor. O‘sha imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz. Maydonda ikki jamoa ham uchinchi o‘rin va Olimpiada yo‘llanmasi uchun kurashdi. Jamoamdan katta kuch sarflaganlari uchun minnatdorman. Olimpidada Osiyodan 4 ta jamoa ishtirok etishi orzuim hisoblanadi.
Endi biz 3-4 kun davomida tiklanishga e’tibor qaratamiz. Shundan so‘ng raqibimizni tahlil qilamiz, taktik ishlarni olib boramiz",- deydi Shin Tae Yong. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik rohibning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonliklar ushlandi
Qirg‘iziston budjetiga korrupsionerlardan misli ko‘rilmagan miqdorda mablag‘ qaytarildi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Isroillik ravvinni o‘ldirishda gumonlangan uch kishi ushlandi
Netanyaxu Livanda o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi
Putinning yadroviy ogohlantirishi — "Oreshnik" nimalarga qodir?
Mashhur kosmetolog Krishtianu Ronalduni sudga berdi