Superliganing 12-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Neftchi" (1:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- O‘yin haqida...
- Bugungi o‘yinni faol boshladik. Raqibni xato qilishga majbur qildik. Ushbu xato evaziga raqib futbolchisi qizil kartochka olib maydondan chetlatildi. Biroq, raqib bir kishi kam bo‘lib qolganidan so‘ng faolligimiz pasaydi. "Neftchi" himoyaviy o‘yin ko‘rsatadi. Raqib 5 ta himoyachi bilan o‘ynasa, pozitsion hujumga o‘tishga qiynalasiz. Shu bois hujumdagi harakatlarimiz samarasiz bo‘ldi. Lekin bugun 3 ochko qo‘lga kiritdik, kuchli jamoani mag‘lub etdik, barchani tabriklayman.
- Jamoada yo‘qotishlarning ko‘payib ketayotgani sizni tashvishlantirmayaptimi?
- Albatta, bu og‘ir vaziyat. Bizda yetakchilar yo‘q. Bu har bir o‘yinga ta’sir ko‘rsatyapti.
- Bugun Marushich va Oybek Bozorov tarkibda ko‘rinmadi?
- Ular mashg‘ulotda jarohat olishdi. Bu muskullar bilan bog‘liq, ular o‘tgan turda ham bizga yordam bera olishmagandi. Keyingi o‘yinlargacha ham ularni qaytara olmaymiz, tiklanib olishlari uchun vaqt kerak. Bundan tashqari, Davronov va Silvada ham jarohatlar bor.
- "Neftchi" boshqa jamoalarga nisbatan ochiqroq futbol taklif etdimi, yo‘qmi?
- Yo‘q, hammadan ko‘ra "Neftchi" himoyaviy uslubni yaxshi o‘ynaydi. O‘tgan yili ham, bu yil ham bu jamoaga hech kim 2 ta gol urmagan. Bir kishi kam bo‘lganda ham ular o‘z uslublaridan chekinishmadi. Sabrli jamoa, yaxshi himoyalanib, tezkor qarshi hujumlarga o‘tadigan jamoa. Ular 4 ta himoyachi uslubiga o‘tishlarini kutgandim, bunday bo‘lmadi.
- Bugun siz maydon chetida kam ko‘rsatmalar berdingiz, xotirjam ko‘rindingiz. Buning sababi nima?
- Yaxshi o‘ynadik, raqibni xato qilishga majbur qildik. Balki shu bois bir oz xotirjam ko‘rindik.
- "Nasaf" penaltilardan kam gol urayapti. Sizga muxlis yoki mutaxassislardan boshqa futbolchi nomzodini tanlash taklifi bo‘ldimi?
- Asosiy penaltichilar maydonda yo‘q edi. Muhiddinov ishonch bilan to‘pni qo‘liga oldi, biroq ura olmadi. Kenjaboyev ham tepmoqchi edi. Abduvohid Ne’matov tepganida doimgi uslubini o‘zgartirishi kerak edi.
- Jigauri birinchi bo‘limdayoq almashtirilishiga sabab nima?
- Raqib bir kishi kam bo‘lib qolgani uchun qanotlarni kuchaytirish maqsadida Chogadzeni maydonga tushirdik. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»