Super yarim o‘rta vazn toifasida WBA kamari sohibi Isroil Madrimov 3 avgust kuni Terens Kroufordga qarshi jang qiladi.
Madrimov yana bir bor bo‘lajak jang haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:
“Krouford ajoyib jangchi. Umuman olganda, unda barcha narsa bor, ammo bu mening divizionim.
Havaskorlarda men bundan ham yuqori vaznlarda jang qilganman, masalan 165 funtda. Havaskorda 330 ta jangim bor. Professionalga o‘tganimdan beri 154 funtda jang qilaman.
Barcha menda tajriba yetishmasligi haqida gapirmoqda, chunki men prof ringda 11 ta jang o‘tkazganman. Ammo bu mening divizionim. Raqibim mening vaznimga ko‘tarilmoqda. Men Kroufordning mahorati haqida bilaman. Lekin men vaqtim kelayotganini ham his qilyapman”, — dedi Madrimov.
Eslatib o‘tamiz, Madrimov - Krouford chempionlik jangi 3 avgust kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadi.
Amerikalik bokschi professional ringda o‘tkazgan 40 ta jangining barchasida g‘alaba qozongan. G‘alabalarining 31 tasiga nokaut orqali erishgan.
Madrimov esa 8 mart oqshomida Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida rossiyalik Magomed Kurbanovni 5-raundda nokautga uchratib, WBA kamarini qo‘lga kiritgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari