Abbos, rostini ayt, “Bavariya”ga o‘tasanmi? (Intervyu)

2 daqiqa o'qish582
Abbos, rostini ayt, “Bavariya”ga o‘tasanmi? (Intervyu)
SSKA futbolchisi Abbosbek Fayzullayevning intervyusini o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etamiz.

- Olimpiya o‘yinlari haqidagi hissiyotlar ijobiy, lekin natijalarimiz xafa qildi. Biz uyga medallar bilan qaytmoqchi edik. Juda katta ishtiyoq bilan tayyorgarlik ko‘rgandik.

Bu turnirni uzoq kutdik. Bu xuddi jahon chempionatida o‘ynashga o‘xshaydi.

Men stadionga kelib, O‘zbekistondan turib bizni qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga minnatdorlik bildirmoqchiman. Biz ularning qo‘llab-quvvatlashlarini his qilib turdik.

Biz ilk bor Olimpiadaga chiqdik va bu turnir juda yaxshi tajriba bo‘ldi. Keyingi Olimpiadalarda jamoalarimiz yanada kuchli bo‘ladi.

- Baxtiyor Zaynutdinov bilan aloqani ushlab turibsanmi?
- Yaqinda u bilan suhbatlashgandik. Menda hammasi joyida, dedi. Turkiyadagi yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘ryapti, ishlayapti. Men unga muvaffaqiyat tilayman, “Beshiktosh”da ham asosiy o‘yinchiga aylansin va Qozog‘istondagi o‘zining muxlislarini xursand qilib yuraversin.

- “Zenit” Baxtiyor Zuynutdinovni olishi mumkinligi haqida yozishgandi...
- Ha o‘qidim. Lekin u yerda nimalar bo‘layotganini bilmayman.

- Hozir qaysi terma jamoa zo‘r – O‘zbekistonmi yoki Qozog‘iston?
- Ayni paytda biz kuchliroqmiz. Bizda avlodlar almashinuvi bo‘ldi. Terma jamoamizda tajribali va yosh o‘yinchilar bor, ular juda yaxshi uyg‘unlashgan.

Oldimizda jahon chempionatining saralash o‘yinlari bor. 10 ta uchrashuvda biz borimizni berib, vazifani bajarishimiz va jahon chempionatiga chiqishimiz kerak.

- “Zenit”dagi Nurali Alip haqida nimalar deya olasan?
- Ajoyib yigit. “Zenit” bilan o‘ynaganimizda u bilan gaplashdim. Bir marta biz, bir marta ular yutdi. Unga omad tilayman. Nurali yaxshi yigit.

- Matbuotda Alipga “Manchester Yunayted” va PSJ qiziqayotgani yozilgandi...
- Ha, men ham o‘qidim, albatta. Uning saviyasi yaxshi darajada. Agar ular Alipni sotib olsa, u yerda yaxshi o‘ynab keta olsa kerak.

- Rostini ayt, “Bavariya”ga o‘tasanmi?
- Bunaqa ovozalar doim bo‘ladi. Ayniqsa, transfer oynasi ochilishi bilan ko‘payib ketadi. Men hozir SSKAdaman, shartnomam bor.

- SSKA rahbariyati seni Olimpiadaga qo‘yib yuborgani uchun ulardan minnatdor bo‘lsang kerak?
- Ha albatta, ularga meni qo‘yib yuborishgani uchun katta rahmat. Olimpiadaga jo‘natishmasligi ham mumkin edi. Lekin ular bunaqa musobaqalar hayotda bir marta bo‘lishini yaxshi tushunishadi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?