Parij Olimpiadasida dzyudo bo‘yicha musobaqalarning aralash jamoaviy turi bo‘yicha 1/8 final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonliklar Kanada bilan bellashdi.
Shukurjon Aminova hamyurtlarimizning ishtirokini g‘alaba bilan boshlab berdi. Joriy Olimpiadada yakkalik bahslarining -57 kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan Krista Deguchi mag‘lub etildi.
-73 kg vazn toifasida ikkinchi bo‘lib tatamiga chiqqan Murodjon Yo‘ldoshev murakkab bahsning qo‘shimcha daqiqalarda raqibini mag‘lubiyatga uchratdi.
3-bo‘lib tatamiga -70 kg vazn toifasida Gulnoza Matniyozova chiqdi va ippon evaziga muddatidan oldin g‘alaba qozondi.
-90 kg vazn toifasidagi Davlat Bobonov bellashuvga kirishdi. Davlatbek 1:0 evaziga raqibini mag‘lub etdi va O‘zbekiston terma jamoasi 4:0 hisobida Kanada ustidan g‘alaba qozondi. Shu tariqa O‘zbekiston termasi muddatidan avval keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Chorak finalda O‘zbekiston Italiyaga qarshi bahs olib boradi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi