
Boks bo‘yicha Rio-2016 yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni Hasanboy Do‘smatov kuni kecha ikkinchi bor Olimpiada finaliga yo‘llanma oldi.
Yarim finalda Kabo-Verde vakili Daniyel de Pina bilan jang qilgan hamyurtimiz raqibidan yaqqol ustun ekanini namoyish qilib, final masalasini ijobiy hal qildi.
Hasanboyga finalda mezbon jamoa vakili Bilol Bennama raqib bo‘ladi. Baland bo‘yli, yuqori texnikaga ega bu bokschi hamyurtimizga yaxshi tanish. Ular so‘nggi bor o‘tgan yili Toshkentda bo‘lib o‘tgan jahon chempionati finalida jang qilishgan edi.
Yurtdoshimiz final jangining birinchi raundidayoq fransiyalik Bilol Bennamani nokautga uchratib, -51 kg vazn toifasining oltin medaliga sazovor bo‘lgandi.
Bir yil o‘tib, ular yana yirik musobaqa finalida duch kelishmoqda. Bu safar mezbon Bennama va u revansh olishga urinadi. «Professor» Hasanboy Do‘stmatov esa o‘zining ikkinchi olimpiada chempionligini qayd etishga ahd qilgan.
-51 kg vazn toifasi finali 8 avgustdan 9 avgustga o‘tar kechasi soat 01:35 da boshlanishi belgilangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar