12:04 / 16.08.2024
422

Ikki o‘zbek chempioni endi professional boksni “yoradi”!

Ikki o‘zbek chempioni endi professional boksni “yoradi”!
Har qanday yakkakurash turlari kabi boksda ham og‘ir vaznli sportchilarning bahslari har doim muxlisu mutaxassislarning diqqat markazida turadi.

Parij Olimpiadasida ham boks bo‘yicha vazni katta charm qo‘lqop ustalari ishtirokidagi musobaqalar o‘zbekistonlik sportchilar – Bahodir Jalolov va Lazizbek Mullajonov g‘alabasi bilan yakunlandi.

Havaskorlar boksida bir necha yillardan beri barcha nufuzli musobaqalarda shohsupaning eng yuqori pog‘onalarini egallab kelayotgan Bahodir Jalolov eng yengil vazndagi bokschimiz Hasanboy Do‘smatov bilan birga Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida navbatdagi oltin medallarga ega chiqib, boks bo‘yicha ikki karra olimpiya chempioni bo‘lgan birinchi o‘zbek bokschilari sifatida o‘z nomini tarixga muhrladi.

Yosh avlod vakillaridan Lazizbek Mullajonov ham havaskorlar boksida hozirgacha eng nufuzli va eng katta g‘alabasi – Olimpiya o‘yinlari chempionligiga erishdi.

RCC Boxing Promotions kompaniyasi bosh direktori German Titov har ikki og‘ir vaznli bokschilarimizning professional ringdagi istiqbolini juda yuqori baholamoqda.

O‘zbekiston boksi uchun bu g‘alabalar Olimpiya o‘yinlari va jahon chempionatlaridagi ilk muvaffaqiyatlar emas. Bu galgi natijalar ham zamonaviy o‘zbek boks maktabi dunyoda eng kuchlilardan ekanini tasdiqlaydi.

Professionallar o‘rtasida ham yaxshi natijalar ko‘zga tashlanmoqda. Bunga yana o‘sha Isroil Madrimovni misol qilib keltirish mumkin.

Men Olimpiya o‘yinlarida chempion bo‘lganlar, xususan, Lazizbek Mullajonov va Bahodir Jalolov professional boksda ham yuqori cho‘qqilarni egallashiga ishonchim komil
, - dedi German Titov.

Eslatib o‘tamiz, Olimpiadada chempion bo‘lgan besh nafar bokschimizdan to‘rttasi allaqachon professional ringdagi faoliyatini ham boshlab yuborgan.

Bahodir Jalolov hozirgacha 14 ta jangda ringga chiqib, ularning barchasida raqiblarini muddatidan oldin mag‘lub etgan.

Lazizbek Mullajonov ham to‘rtta jangda raqiblarini nokaut bilan yenggan.

Hasanboy Do‘smatov hisobida oltita jangdagi yuz foizlik natija bor. “Professor” beshta nokaut qayd etgan.

Abdumalik Xalakov professionallar o‘rtasida hozircha bir marotaba ringga ko‘tarilib, 30 ta jang o‘tkazgan raqibini ikkinchi raunddayoq chuqur nokautga tushirgan edi.

Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev esa, bor e’tiborini havaskorlar boksiga qaratib, bu yo‘nalishda qisqa muddatda Osiyo chempionati sovrindori, Olimpiya o‘yinlari va jahon chempionati g‘olibi bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ikki o‘zbek chempioni endi professional boksni “yoradi”!