00:14 / 23.08.2024
13

Fevzi Davletov: "Paxtakor" bilan o‘yin uchun futbolchilarni ruhan tayyorlash shart emas"

Fevzi Davletov: "Paxtakor" bilan o‘yin uchun futbolchilarni ruhan tayyorlash shart emas"
Superliganing 14-turi doirasida qoldirilgan "Paxtakor" - "Surxon" bahsidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Fevzi Davletov ishtirok etdi.

- Bu o‘yinning qanchalik muhimligini bilardik. G‘alaba qozonsak "Paxtakor"ga yetib olardik. Safardagi o‘yinda ko‘p kuch yo‘qotdik, shu sababli yigitlarni nafaqat jismonan, balki ruhan ham tayyorlash kerak edi. Bugun ham katta kuch sarf qildik. Epizodlar bizning foydamizga ishladi, asosiy vaqtimizni himoyada o‘tkazdik. Gol urib olganimizdan keyin qarshi hujumlarni yanada rivojlantirishni o‘yladik. Ikkinchi bo‘limda esa biz o‘z hududimizdan chiqmadik. Yigitlarni yaxshi o‘yin va g‘alaba bilan tabriklayman. Muxlislarga ham rahmat aytaman. Ular bizni qo‘llab turishdi.

- O‘yin "Surxon" uchun ataldi desak bo‘ladimi? Chunki barchasi jamoaning qulayligi uchun qilindi.
- Fikringizga qo‘shilaman. Bizda yo‘llar ko‘p kuchni olib qo‘ymoqda. Barchasi to‘ppa-to‘g‘ri.

- Davron Merganovni klub qayerdan topgan? U bugun ajoyib o‘yin o‘tkazdi.
- Davron Merganov Surxondaryo futbol maktabi tarbiyalanuvchisi. Bugun u zo‘r o‘ynadi. Menimcha, uning vaqti keldi. Yo‘ldoshevni bilasizlar, ayni damda jarohatda. Shu sababli zahira posbonimizga tayanyapmiz. Uni maqtayman.

- "Paxtakor" qaysi tarkibda o‘ynashidan qat’iy nazar o‘yinlarda favorit maqomida bo‘ladi. Lekin "Surxon" ayni damda yuqori holatda. So‘nggi 5 o‘yinda jamoa g‘alabaga erishdi. Futbolchilarni bu o‘yinlarga tayyorlash qanday ketmoqda?
- Yigitlarni "Paxtakor" bilan o‘yin uchun alohida ruhiy tayyorlash kerak emas. Barchamiz raqibning kimligini bilib turibmiz. G‘alaba qozonishni hammamiz istadik. Ular buni yaxshi tushunib turishgandi va buni uddalashdi.

- Fan-klub bugun Jahongir Abdusalomov uchun performans tayyorlabdi.
- Abdusalomov bugun maydonga tushishi 50ga 50 edi. U o‘z o‘yini bilan jamoaning yetakchisi ekanligini namoyish qilmoqda.

- Sobiq futbolchingiz Ulug‘bek Hoshimov haqida nimalar deya olasiz?
- Endi u bizning futbolchi emas. Ortiqcha biror nima deya olmayman.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fevzi Davletov: "Paxtakor" bilan o‘yin uchun futbolchilarni ruhan tayyorlash shart emas"