22:35 / 04.09.2024
50

Eron bosh murabbiyi tarkibdagi o‘zgarishlar va futbolchilarning holati haqida gapirdi

Eron bosh murabbiyi tarkibdagi o‘zgarishlar va futbolchilarning holati haqida gapirdi
Ertaga O‘zbekiston bilan birga guruhdagi asosiy raqobatchilarimizdan biri Eron terma jamoasi ham o‘z o‘yinini o‘tkazadi. Forslar o‘z uyida Qirg‘iz Respubikasi bilan bellashadi. Mazkur uchrashuv oldidan Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Amir Galenoy matbuot anjumanida qatnashdi va o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

"Avvalambor barchaga assalomu alaykum. Ertangi raqibimip haqida gapirdagi bo‘lsam, ular tarkibda bir qancha o‘zgarishlar qildi, ammo uning yangi murabbiyi Qirg‘iz Respblikasi futboli haqida yetarlicha bilimga ega. U klub miqyosida ham ishlagan va ancha tajribali. Qirg‘iz Respublikasi juda harakatchan va tezkor jamoa bo‘lib, himoya chizig‘i juda yaxshi harakat qiladi.

Isfahondagi turargohimizning sharoitlari juda yaxshi. Futbolchilarning ham ishtiyoqi yuqori, chunki biz jahon chempionatining so‘nggi saralash bosqichidamiz.

Tarkibga jalb qilingan barcha futbolchilar bor kuch va g‘ayrati bilan mashg‘ulotlar olib borishmoqda va o‘yinga tayyor. Ertangi o‘yinlarda yaxshi natijalarga erishamiz degan umiddaman. Chaqirilgan futbolchilarning barisini o‘zim va yordamchilarim bilan ancha o‘rganib chiqdik. Hamkasblarim liga boshlanishidan oldin o‘z ishini boshlashdi va biz mahalliy futbolchilar va legionerlar formasini tayyorladik. Har bir o‘yinda barcha o‘yinchilar nazorat qilinadi. Tanlovimizda xato qilgandirmiz, lekin kim yaxshi formada bo‘lsa, uni terma jamoaga chaqiramiz.

Yana bir bor takrorlayman, kim tayyor bo‘lsa, taklif qilinadi. Albatta, avvalgi tarkibga nisbatan biroz o‘zgarishlar bo‘ldi. Avvalo natija muhim. Natijaga erishmasak, hozir tanqid qilayotganlar nima uchun falon yosh futbolchini tashlab ketdingiz deyishadi. Biz o‘z ishimizni qilamiz. Murabbiylar shtabida o‘z ishining ustalari yig‘ilgan
", - dedi Galenoy.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eron bosh murabbiyi tarkibdagi o‘zgarishlar va futbolchilarning holati haqida gapirdi